Aksiya kursi
Aksiya kursi — aksiyaning bozor narxi. Aksiya kursi aksiya keltiradigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda oʻzgaradi. Aksiya kursi aksiya nominalidan (aksiyada koʻrsatilgan summadan) yuqori yoki past boʻlib, bu talab va taklifga bogʻliq. Aksiya kursi ni emitent emas, bozor belgilaydi. Aksiya kursi tez oʻzgarib turadi. U quyidagicha belgilanadi: dividend, Vr — bank foizi. Aksiya narxining birjada belgilanishi birja kotirovkasi deyiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |