Aktiniy (lotincha: Actinium, yun. aktinos — nur), Ac — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 89, atom massasi 227. Aktiniy Yer qobig'ida juda kam uchraydi. Uning ko'pligi trillion massa bo'yicha taxminan 0,0005 qismni tashkil qiladi. Aniqrogʻi, uranga boy ruda bo‘lgan har tonnaga 0,15 milligramm aktiniy to‘g‘ri keladi. 1899-yilda fransuz kimyogari A. Debern uran rudasi chiqindilarini nurlantirish natijasida kashf etgan. Uning 34 ta izotopi maʼlum. Ac227 (yarim yemirilish davri 21,7 yil), Ac228 (yarim yemirilish davri 6,13 soat), Ac225 (yarim yemirilish davri 10 kun). Aktiniy kumush rang metall; suyuqlanish temperaturasi 1050° C, kimyoviy xossalari jihatidan lantanga oʻxshaydi. U 3 valentli, havoda tez oksidlanadi, xlorid va nitrat kislotalarda eriydi. Toza aktiniyni yadroviy jarayonlar yordamida olish qulay.Radiyni atom reaktorida neytronlar yordamida nurlantirish yoʻli bilan koʻp miqdorda Aktiniy olish mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil