Aktinograf
Aktinograf (aktino…va graf) —Quyosh radiatsiyasi jadalligini uzluksiz yozib boruvchi asbob. Aktinograf radiatsiyani qabul qiluvchi qism priyomnik bilan uni qayd qilib boruvchi galvanografdan iborat. Quyoshdan bevosita keluvchi radiatsiyani ulchash uchun termoelektr aktinograf, sochma va yigʻindi radiatsiyani qayd qilib borish uchun piranograf va solyarigraf ishlatiladi. Asbob priyomnigining koʻrsatishi koʻpincha mexanik usulda, ayrim hollardagina fotografik usulda qayd qilinadi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |