Aktivlanish energiyasi
Aktivlanish energiyasi — molekulalarni faol holatga oʻtkazish uchun sarflanadigan energiya. Oʻlchov birligi j/mol. Molekulani aktivlash uchun unga yuqori temperatura, ultratovush, nur energiyasi yoki katalizator taʼsir ettiriladi. Har bir reaksiyaning uziga xos Aktivlanish energiyasi (Ye) mavjud. Bunday energiyaga ega boʻlgan molekulalar (atomlar, radikallar) toʻqnashgandagina reaksiya sodir boʻladi[1].
Manbalar
tahrirVikiomborda Aktivlanish energiyasi haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |