Alâeddin Ali Bey
Alâeddin Ali Bey (turkcha: Alâeddin Ali Bey) — Karamanoğulları bekligida 1361-1398-yillar orasida hukmdonlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2]. Koʻpchilik boshqa Karamanoğulları beklari kabi Ali Bey ham kuchayib borayotgan Usmonli imperiyasining raqibi boʻlgan va ikki beklik bir-biriga qarshi tinmay kurashib kelgan.
Alâeddin Ali Bey | |
---|---|
turkcha: Alâeddin Ali Bey' | |
Karamanoğulları beki | |
Saltanat | 1361-1398 |
Oʻtmishdoshi | Seyfeddin Süleyman Bey |
Davomchisi | Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II |
Vafoti | 1398-yil |
Turmush oʻrtogʻi | Nefise Melek Hatun |
Farzandlari |
Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey II Bengi Alâeddin Ali Bey II |
Uy | Karamanoğulları |
Otasi | Alâeddin Halil Mirza Bey |
Dini | Sunni Islom |
Dastlabki davrlari
tahrirAlai Bey Alâeddin Halil Mirza Bey ning oʻgʻli edi. Akasi Seyfeddin Süleyman Beyning beklik taxtiga chiqqanidan keyin, Ermenek shahri voliysi etib tayinlandi. Ammo 1361-yilda akasi Karamanda oʻldirilganidan soʻng, beklik taxtiga oʻtirdi. Murod Ining qizi Nefise Melek Hatun bilan turmush qurgani uchun, Usmonlilar sulolasi bilan oila rishtalari mavjud boʻlgan.
Qoʻshnilari bilan jang
tahrirXIV asrda Anadoluda notinchlik hukm surdi. Karamanoğulları bekligidan tashqari ushbu hududda koʻplab Onadoʻli bekliklari ham mavjud boʻlgan. Ali qoʻshnilari Hamitoğulları, Eretna va Germiyanoğulları bekligi hududlarini ishgʻol etdi. Xatto, Kadı Burhâneddin davlati hududlariga hujum qilishga va egallashga urunib koʻrdi. Ammo muvafaqqiyatga erisha olmadi[3].
Usmonlilar imperiyasi bilan dastlabki jang
tahrirUsmonli sultoni Murod I imperiyaning Yevropa qismi boʻlgan Rumelida hududlarni fath etish bilan shugʻullangan bir vaqtda, Ali 1386-yilda Usmonli qalʼasi Beyşehirni egallashga urinib koʻrdi. Onadoʻluga qaytgan Murod I, poytaxt Koʻniya yaqinidagi Frenkyazısı degan joyda Alining kuchlarini magʻlub etdi. Professor Halil İnalcıkning fikricha, bu urushning ahamiyati shundan iboratki, u muntazam armiyaning (Yeniçeriler) qabila qoʻshinlaridan ustunligini koʻrsatdi. Nefise Melek Hatunning oʻrtaga tushishidan keyin Beyşehir Usmonlilarga qaytarib berilishi sharti bilan Murod I ortga qaytdi.
Usmonlilar imperiyasi bilan ikkinchi jang
tahrir1389-yilda Birinchi Kosovo jangida Murod I shahit boʻlgach, Ali ikkinchi marta Usmonli yerlariga bostirib kirdi. Biroq 1390-yilda yangi sulton Boyazid I Yildirim Onadoʻluga qaytdi va kichik bekliklarni magʻlub etib, Karamanoğulları bekligiga qarshi soʻnggi hujumga tayyorgarlik koʻrdi. Onadoʻlining qolgan ikki hukmdori Kadı Burhâneddin va Candaroğulları bekligi beki Sulaymon kuchayib borayotgan Usmonli kuchidan qoʻrqib, ularga qarshi ittifoq tuzdilar. Shu sababdan Usmonlilar hujumni bekor qildilar.
Amir Temur bilan aloqalar
tahrir1394-yilda Amir Temur Onadoʻluda ittifoq tuzdi va Ali bu taklifni darhol qabul qildi. Bu ittifoq bilan u eng koʻp qoʻrqqan ikki kuch Usmonli imperiyasi va Kadi Burhoneddinga qarshi kuchli homiy ostida boʻlishni rejalashtirdi. Ammo Amir Temur 1402-yilga qadar Onadoʻliga kelmadi va Amir Temurning homiyligi Ali kutgandek samarali boʻlmadi.
Usmonlilar imperiyasi bilan uchinchi jang
tahrirBoyazid janubiy Ruminiya hududlarini fathi bilan ovvora boʻlgan vaqtda, Ali yana Usmonli tuproqlarini ishgʻol qildi. Bu safarga maqsad Anqarani egallash edi. Onadoʻli beklarbegi Kara Timurtaş Paşa qoʻlga olindi. 1398-yilda Alining tinchlik chaqiriqlarini qabul qilmagan Boyazid Yildirim, Koʻniyani egalladi va Alini qatl ettirdi.
Oʻlimidan soʻng
tahrirAli Beyning qatl etilganidan soʻng, Karamanning butun hududlari Usmonlilarga qoʻshib olindi va uning ikki oʻgʻli Mehmed Bey va Bengi Ali qamoqqa tashlandi. Ammo bir necha yildan soʻng, Amir Temurning Anqara jangida gʻalabasidan keyin, beklik oʻz mustaqilligini qaytadan qoʻlga kiritdi.
Manbalar
tahrirHumkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Seyfeddin Süleyman Bey |
Karamanoğulları beki 1361-1398 |
Vorisi: Mehmed Bey II |