Al-Fateh masjidi (shuningdek, al-Fateh islom markazi va al-Fateh katta masjidi nomi bilan ham tanilgan) (arabcha: مسجد الفاتح; Transliteratsiya qilingan: Masjid al-Fatih) dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, 6500 kvadrat metr maydonni egallagan va bir vaqtda 7000 dan ortiq namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Masjid marhum Shayx Iso bin Salmon al-Xalifa tomonidan 1987-yilda qurilgan va Ahmad al-Fateh nomi bilan atalgan. 2006-yilda bu joy Bahrayn Milliy kutubxonasiga aylantirildi.

Masjid
Al-Fateh katta masjidi
arabcha: مسجد الفاتح
Masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Bahrayn
Shahar Manama
Koordinatalar 26°13′08″N 50°35′53″E / 26.21889°N 50.59806°E / 26.21889; 50.59806
Maqomi masjid[1]
Hajmi 7000 kishi
Gumbazlar soni 2
Gumbazlar soni 2
Gumbaz yoʻgʻonligi 24 m (79 ft)
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Qurilish materiallari Beton, shisha tola

Tavsifi

tahrir

Masjid Bahrayndagi eng katta namoz oʻqiladigan joy boʻlgan. U Manama shahriga qoʻshni boʻlgan Juffair shahridagi al-Fateh avtomagistrali boʻyida joylashgan. Al-Fateh masjidi tepasida qurilgan ulkan gumbaz butunlay shisha tolali xomashyodan qurilgan. Ogʻirligi 60 tonnadan ortiq boʻlgan gumbaz dunyodagi eng katta shisha tolali gumbaz hisoblanadi. Qavatlarda ishlatiladigan marmar Italiyadan, qandil esa Avstriyadan keltirilgan. Eshiklar Hindistonda oʻsadigan teak daraxtining yogʻochidan tayyorlangan[2]. Masjid devorlari kufiy xattotligi yozuvlari bilan bezaklangan.

Kutubxonasi

tahrir

Ahmad al-Fateh islom markazi kutubxonasida 7000 ga yaqin kitoblar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari 100 yillik va undan ham eskiroqdir. Bularga Muhammad paygʻambarning taʼlimotlari kitoblarining nusxalari yoki hadis kitoblari, Global Arab ensiklopediyasi, Islom huquqshunosligi ensiklopediyasi, Al-Azhar jurnallari kiradi. Shuningdek, kutubxonada koʻplab davriy nashrlar va jurnallarning koʻplab sonlari mavjud[3].

Turizm

tahrir

Masjid ibodat qilinadigan joy boʻlishidan tashqari, Bahraynning asosiy sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi. U soat 9:00 dan 16:00 gacha ochiq boʻladi hamda bu yerda amalga oshiriladigan sayohatlar turli tillarda, jumladan, ingliz, fransuz, filippin, rus va boshqa koʻplab dunyo tillarda olib boriladi. Masjid juma kunlari tashrif buyuruvchi nomozxonlar va sayyohlar uchun ochiqdir.

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Archived copy“. 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-mart.
  2. „The Mosque - Ahmed Al Fateh Islamic Center“. 2012-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyun.
  3. „Ahmed Al Fateh Islamic Center“. 2012-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyun.

Havolalar

tahrir