Al-Gʻazzoliy universiteti Karachi shahridagi davlat universiteti boʻlib, Jamiya Tur Rashid tomonidan 2022-yil 9-dekabrda asos solingan[1]. Muftiy Abdurahim taʼlim maskanining asoschisi va hozirgi kansleridir. Zeeshan Ahmad – prorektor lavozimida faoliyat olib boradi.

Al-Gʻazzoliy universiteti
جامعۃ الغزالی
Asos solingan sanasi 2022 (2 yil avval) (2022)
Rektori Muftiy Abdurrahim
Manzili
Ahsanobod]], Sindh,
,
Karachi
,
Pokiston

Universitet 12-asrda yashab ijod etgan olim Imom Al-Gʻazzoliy sharafiga nomlangan[2].

Tarixi

tahrir

2022-yil mart oyida Nizomni tekshirish va baholash qoʻmitasi Al-Gʻazzoliy universitetiga tashrif buyurgan, shundan soʻng ular oʻz hisobotini tasdiqlash uchun Sind oliy taʼlim komissiyasiga taqdim etishgan[3].

2022-yil oktabr oyi oxirida Sind gubernatori Kamran Xon Tessori Jamiya Tur Rashidga tashrifi chogʻida Jamiyaning Al-Gʻazzoliy universiteti loyihasi ham maqtovga loyiq ekanligini va Al-Gʻazzoliy universiteti faoliyatini maʼqullanishini hamda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan[4][5].

Keyinchalik, 2022-yil 9-dekabrda Sind assambleyasi va gubernatori universitet faoliyatiga ruxsat bergan[6].

Fakultetlari

tahrir
  • Islomshunoslik fakulteti
  • Ijtimoiy fanlar fakulteti
  • Taʼlim fakulteti
  • Huquq fakulteti

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir