Al-Hakam ibn Abu al-Os ibn Umayya (arabcha: الحكم بن أبي العاص بن أمية) (milodiy 655-yilda (hijriy 56) vafot etgan) – Umaviylar sulolasining marvoniylar avlodi asoschisi Marvon I ning otasi (h. 684–685) va xalifa Usmon ibn Affonning amakisi (h. 644–656). Al-Hakam Islom paygʻambari Muhammadning ashaddiy raqibi sifatida tanilgan, 630-yilda Makka shahri egallab olinganda surgun qilingan. Keyinchalik esa xalifa Usmon tomonidan avf etilgan.

Al-Hakam ibn Abu al-Os
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Makka
Vafoti milodiy 655-yil (hijriy 56)
Turmush oʻrtogʻi Omina bint Alqama ibn Safvon
Mulayka bint Avfa
Ummu Nuʼmon bint al-Horis ibn Abu Amr
al-Boʼisa bint Hoshim ibn Utba ibn Robiʼa
Munosabatlari Banu Umayya (urugʻ)
Bolalari
  • Marvon
  • Al-Horis ibn al-Hakam
  • Yahyo ibn al-Hakam
  • Abdulrahman
  • Aban
  • Habib
  • Ubaydulloh
  • Usmon al-Azroq
  • Solih
  • Usmon al-Asgʻar
  • Amr
  • Nuʼmon
  • Avs
  • Suhayl
  • Amr
  • Yusuf
  • Ummu Aban
  • Umama
  • Ummu Amr
  • Ummu al-Hakam
  • Ummu Yahyo
  • Zaynab
  • Ummu Shayba
  • Ummu Usman
  • Ummu Salama
  • Zaynab
  • Ummu al-Banin
Ota-onasi Abu al-Os ibn Umayya (otasi)
Ruqayya bint al-Horis (onasi)

Oilasi

tahrir

Al-Hakam Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan Abu al-Os ibn Umayya va Banu Maxzum urugʻidan Ruqayya binti al-Horisning oʻgʻli boʻlgan[1]. Uning ota tomonidan bobosi Umaviylar sulolasining avlodi edi.

Omina binti Alqama ibn Safvon al-Kinoniya oʻzining oʻgay ukasi Affon ibn Abu al-Osdan ajrashganidan keyin al-Hakamga turmushga chiqqan[2]. Ularning Marvon ismli oʻgʻli boʻlgan, keyinchalik u 684-685-yillarda Damashq xalifasi boʻlgan[2]. Al-Hakam toʻrt nafar xotinidan kamida yigirma hatto katta ehtimol bilan oʻttiz nafardan ortiq farzand koʻrgan[1]. Omina binti Alqamadan Marvondan tashqari Usmon al-Azroq, al-Horis, Abdurrahmon, Solih ismli oʻgillari, Umm al-Banin va Zaynab ismli qizlari bor edi. Ikkinchi xotini Gʻatafan qabilasining Banu Murra urugʻidan Mulayka binti Avfodan Yahyo, Abon, Usmon al-Asgʻar, Habib, Amr ismli oʻgʻillari hamda Ummu Yahyo, Zaynab, Ummu Shayba, Ummu Usmon va Ummu Salama ismli qizlari boʻlgan[1]. Uchinchi xotini Banu Saqif qabilasidan Ummu an-Nu’mon binti al-Horis ibn Abu Amrdan Nu’mon, Avs, Suhayl va Amr ismli oʻgʻil farzandlar hamda Ummu Abon, Umoma, Ummu Amr va Umm al-Ummu ismli qiz farzand koʻrgan. Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan boʻlgan al-Boisa binti Hoshim ibn Utba ibn Rabi’a oʻgʻli Yusufning onasi edi[1].

Hayoti

tahrir

Al-Hakam Islom paygʻambari Muhammadga qattiq qarshilik koʻrsatgan va shu sabali Makka bosib olingan vaqtda yaqin atrofdagi Toif shahriga surgun qilingan[3]. IX asr tarixchisi at-Tabariyning soʻzlariga koʻra, paygʻambar Muhammad keyinroq al-Hakamni avf etgan va unga oʻz ona shahriga qaytishga ruxsat bergan[3]. Biroq IX asr tarixchisi Yaʼqubiy bergan maʼlumotlarga koʻra al-Hakamga Makkaga qaytishga jiyani xalifa Usmon (h. 644–656) ruxsat bergan. Bundan oldin al-Hakamning Makkaga qaytish toʻgʻrisidagi iltimosi xalifalar Abu Bakr (h. 632–634) va Umar (h. 634–644) tomonidan rad etilgan[4]. Xalifa Usmon oʻz qarindoshlariga alohida mehr koʻrsatdi va al-Hakamni Umaviy qarindoshlari Abu Sufyon, Al-Volid ibn Uqba va Banu Hoshim urugʻi aʼzosi Abbos ibn Abdulmuttalib bilan birgalikda ularning Madina taxtiga oʻtirishlariga ramziy ravishda hurmat koʻrsatgan[5]. Al-Hakam 655-yillarda (hijriy 56) vafot etgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Marsham 2022.
  2. 2,0 2,1 Donner 2014.
  3. 3,0 3,1 Humphreys 1990.
  4. Gordon 2018.
  5. Madelung 1997.
  6. Sears 2003.

Adabiyotlar

tahrir