Al-Jabbor katta masjidi
Al-Jabbor katta masjidi (indonezcha: Masjid Raya Al Jabbar) — Indoneziyaning Gʻarbiy Yava shtatidagi Bandung shahrida joylashgan masjid. Uning atrofida suv ombori joylashganligi sababli, masjid baʼzan Al Jabbor suzuvchi masjidi deb ham ataladi. Masjid Summarecon Bandungga tutashgan va Bandung sharqidagi Gedebage tumanida joylashgan.
Masjid | |
Mamlakat | Indoneziya |
Hudud | G'arbiy Yava |
Shahar | Bandung |
Manzil | 6°56′53″S 107°42′13″E / 6.9481°S 107.7036°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Neofuturizm, Usmonlilar, Sunda |
Binokor | Ridwan Kamil |
Binokorlik | 2017-yil 29-dekabr—2022-yil 30-dekabr |
Hajmi | 33,000 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar balandligi | 99 metr |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
Al-Jabbor katta masjidi Vikiomborda |
Al-Jabbor, arabchada buyuk maʼnosini bildiradi va Allohning 99 ismlaridan biridir. „Aljabar“ indonezcha algebra soʻzi boʻlib, musulmon tomonidan asos solingan. Shuningdek, „Jabar“ Gʻarbiy Yava provinsiyasining qisqartmasi (indonezcha: Jawa Barat) va taxallusi hamdir[1].
Tarixi
tahrirQurilishdan avval
tahrirIlgari Gedebage hududi Muras Geger Xanjuang deb nomlangan botqoq edi. Bu botqoqliklar Qadimgi Bandung koʻli qoldiqlaridir. XIX asr oxirida bu botqoqliklar qurib, sholizorlarga aylana boshladi. Staatsspoorwegen (SS) davlat temir yoʻl kompaniyasi bu botqoqlarning oʻrtasida Bandung va Cicalengkani bogʻlaydigan temir yoʻl qurdi. 2006-yilda Bandung shahri boʻlinganidan keyin Gedebage kichik tumanga aylandi. Ushbu kengayish hududni jonlantirdi, chunki odamlar u yerda yangi uy-joylar qurishni boshladilar[2].
Qurilishi
tahrirMasjid qurilishi 2017-yil 29-dekabrda boshlangan. Sobiq gubernator Ahmad Heryavan va sobiq vitse-gubernator Deddy Mizwar poydevor qo‘yish marosimida qatnashdi va masjid qurilishini rasman boshlash uchun ramziy toshni qo‘ydi[3]. COVID-19 pandemiyasi tufayli qurilish 2020-yilda toʻxtatildi va bir yarim yildan soʻng 2021-yil 24-avgustda qayta tiklandi[4]. 5 yillik qurilishdan so‘ng masjid 2022-yil 30-dekabrda gubernator Ridwan Kamil tomonidan rasman ochildi.
Texnik xususiyatlari
tahrirMasjidning umumiy maydoni 21,799.20 kvadrat metrni tashkil qiladi. Uning yerosti qavati 11,238.20 kvadrat metr, birinchi qavati 8,329 kvadrat metr, mezonin esa 2,232 kvadrat metr maydonni egallaydi. Undan tashqari, koʻl va suv havzalariga ajratilgan maydon 6,930 gektarni, avtoturargohlar, maydonlar va yashilliklarga ajratilgan maydonlar esa 11,163 gektarni tashkil etadi[5].
Namoz xonalari birinchi qavatda 9822 kishiga, oʻrta qavatda 3188 kishiga, zallarda 3627 kishiga va hovlida 16363 kishiga moʻljallangan. Hammasi boʻlib 33 000 kishini sigʻdira oladi.
Masjidning har bir burchagida bittadan balandligi 99 metr boʻlgan toʻrtta minora mavjud. 6136 boʻlak shisha fasad va gumbazni tashkil etuvchi baliq tangachalarini eslatadi. Masjidga 27 ta kirish eshigi mavjud boʻlib, ular Gʻarbiy Yavaning 27 shahri yoki viloyatlarini ifodalaydi. Ushbu kirishlarning har birida har bir shahar yoki viloyatga xos boʻlgan batik naqshlari mavjud[6]. Masjid pollariga turkcha gilamlar toʻshalgan.
Masjid suv toshqini xavfi bor Gedebage tumanida joylashganini hisobga olingan va inshoot 6,9 gektarlik suv ombori bilan o‘ralgan bo‘lib, u toshqin paytida suvni o‘ziga yigʻa oladi[7]. Masjidda islom diniga bag‘ishlangan bog‘ va muzey mavjud[8].
Galereya
tahrir-
Masjid minoralarining biri
-
Orqa fasadning yirik plandan koʻrinishi
Manbalar
tahrir- ↑ Syahrial, Muhamad. Fakta-fakta Masjid Al Jabbar: Habiskan Dana Rp 1 Triliun, Mampu Tampung 33.000 Jemaah. https://bandung.kompas.com/read/2022/12/26/205647778/fakta-fakta-masjid-al-jabbar-habiskan-dana-rp-1-triliun-mampu-tampung-33000?page=all. Qaraldi: 3 January 2023.Al-Jabbor katta masjidi]]
- ↑ Abu Fauzan. „Masjid Al-Jabbar dan Sejarah Kawasan Gedebage“ (id). sejarahbandung.id (2023-yil 14-yanvar). 2023-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-yanvar.
- ↑ „Spesifikasi Masjid Terapung Al Jabbar, Calon Masjid Raya Jawa Barat yang Baru“ (id). bappeda.jabarprov.go.id. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
- ↑ Nurulliah, Novianti. Terhenti Selama Pandemi, Pembangunan Masjid Raya Al Jabbar di Bandung Dilanjutkan Jemaah. https://www.pikiran-rakyat.com/bandung-raya/pr-012462843/terhenti-selama-pandemi-pembangunan-masjid-raya-al-jabbar-di-bandung-dilanjutkan. Qaraldi: 7 January 2023.Al-Jabbor katta masjidi]]
- ↑ Lufiana Putri, Diva; Setyo Nugroho, Rizal. Profil Masjid Raya Al Jabbar, Disebut sebagai Ikon Baru Jawa Barat. https://www.kompas.com/tren/read/2022/12/30/120000865/profil-masjid-raya-al-jabbar-disebut-sebagai-ikon-baru-jawa-barat?page=all. Qaraldi: 7 January 2023.Al-Jabbor katta masjidi]]
- ↑ „Deretan Keunikan Masjid Al Jabbar, dari 27 Pintu, Kaca Patri, sampai Kubah Seluas 1 Hektar tanpa Penyangga“ (id). pojoksatu.id. 2023-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
- ↑ Paradilla Rayadi, Mitha. Tak Hanya Indah, Masjid Al Jabbar Diharapkan Bisa Atasi Banjir di Gedebage Bandung. https://www.pikiran-rakyat.com/bandung-raya/pr-016070321/tak-hanya-indah-masjid-al-jabbar-diharapkan-bisa-atasi-banjir-di-gedebage-bandung. Qaraldi: 7 January 2023.Al-Jabbor katta masjidi]]
- ↑ Ragam Fasilitas dan Fungsi Masjid Al Jabbar. Archived from the original on 2023-03-28. https://web.archive.org/web/20230328051532/https://jabarprov.go.id/berita/ragam-fasilitas-dan-fungsi-masjid-al-jabbar-8095. Qaraldi: 9 January 2023.Al-Jabbor katta masjidi]]