Al-Kadiy al-Fadil(1135-1200) - qadimgi arab shoiri.

Faoliyati

tahrir

Al-Kadiy al-Fadil-fotimiylarning oxirgi Misr davlat devonida amaldor, keyinroq ayubiylar hukmdori Salohiddin va uning o‘g‘li al-Azizning eng yaqin maslahatchisi asarlarida to‘liq shakllangan. Al-Fadil shakl bobida mohir bo‘lgan. U o‘z nomalariga har xil badiiy sanʼatlar, so‘z o‘yinlari, kinoyalar, sitata va maqomalarni shunchalik ko‘p kiritganki, ularning mazmunini tushunish uchun hatto zamondoshlari ham juda ko‘p urinishlari kerak bo‘lgan. Al-Kadiy al-Fadil keyingi asrlar arab nasrsining shakliga katta taʼsir ko‘rsatgan. Kech o‘rta asr yozuvchilari arab uslubiyatining ana shu umum eʼtirof etgan ustasiga taqlid qilganlar hamda o‘z asarlarini murakkab, mazmunsiz filologik rebuslarga aylantirganlar[1].

Manbalar

tahrir
  1. Mumtoz arab adabiyoti. Toshkent: Ziyavuddinova M, 2011 — — bet..