Al-Mahdiy (Abu Abdulloh Muhammad; 744—785) — Abbosiylar sulolasining uchinchi hukmdori (775—785).

Mahdiy taxtga chiqqach ustozi Ubaydulloh Muoviyani vazir etib tayinladi. Biroq oradan koʻp oʻtmay Ubaydulloh gʻayridinlikda ayblanib qatl etildi. Mahdiy davrida Zayd ibn Ali tarafdorlari kuchaya boshladi. Mahdiy zaydiylar bilan til topishga harakat qilib ularning rahbarlaridan biri Yoqub ibn Dovudni vazir etib tayinladi. Ammo Mahdiyning zaydiylarni oʻz tomoniga ogʻdirish uchun qilgan barcha harakatlari zoeʼ ketdi. Zaydiylar baribir unga boʻysunishmadi. Hatto Yoqub ibn Dovuddan ham voz kechishdi. Shundan soʻng Mahdiy zaydiylarni taʼqib qila boshladi. Al-Mahdiy oʻn yil xalifalik qilib 785-yil vafot etdi.

Manbalar

tahrir