Al-Mataaiya
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Al-Mataaiya, shuningdek al-Mutaʼiya yoki Mataeiye (arabcha: المتاعية) deb ham talaffuz qilinadi, janubiy Suriyadagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhofazasiga qarashli boʻlib, Daraadan shimoli-sharqda va Busrodan gʻarbda joylashgan. Yaqin atrofdagi joylar sharqda Nasib, shimoli-gʻarbda at-Taybe, shimolda al-Jiza, shimoli-sharqda Gʻasm, sharqda Busro va janubi-gʻarbda Iordaniyaning Sama as-Sirxon qishlogʻi kabilar. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Al-Mataaiya aholisi 2,744 kishini tashkil qilgan[1].
Al-Mataaiya المتاعية | |
---|---|
Qishloq | |
32°29′42.000″N 36°17′29.000″E / 32.49500000°N 36.29138889°E | |
Mamlakat | Suriya |
Muhofaza | Deir ez-Zor |
Tuman | Daraa okrugi |
Kichik okrug | Al-Jiza |
Aholisi (2004) |
2,734[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
Tarixi
tahrirAl-Mataaiya 19-asrda Usmoniylar hukmronligi davrida xirba (xarob qishloq) boʻlgan. Biroq, oʻsha asrning ikkinchi yarmida al-Mataaiyani ham oʻz ichiga olgan Havron mintaqasida gʻalla yetishtirish va xavfsizlik qayta tiklangan[2]. 1892-yilda mahalliy tadbirkor shayx Xuntush oʻsha paytda tashlandiq boʻlgan qishloqni 1000 turk oltin lirasiga sotib olgan[2]. Keyin u dehqonlarni al-Mataiyaga koʻchirib, qurgʻoqchil qishloq ichida yomgʻir suvini yigʻish uchun sardobalar qurgan[2]. 1895 yilda 150 ga yaqin aholi yashagan qishloqqa Shayx Xuntush yana dehqonlar olib kelishga qaror qilgan. 1905-yilda aholi soni 200 kishiga yetgan. 1890-yillarda baʼzi odamlar al-Mataiyadan 7 kilometr janubi-gʻarbda joylashgan Sama qishlogʻini ham tiklagan [2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 General Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Daraa Governorate. (arabcha)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Lewis, Norman „The Syrian Steppe during the Last Century of Ottoman Rule: Hawran and the Palmyrena“, . The Transformation of Nomadic Society in the Arab East. Cambridge: Cambridge University Press, 2000 — 40–41-bet. ISBN 0521770572.