Al-Os ibn Vail
Al-Os ibn Vail (arabcha: العاص بن وائل) — Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, Misrni uch marta zabt etgan Amr ibn al-Osning hamda Shomni islomiy zabt etishda ishtirok etgan Hishom ibn al-Osning otasi.
Al-Os ibn Vailning Laylo binti Harmala bilan aloqasi borligi haqida mish-mishlar tarqalgan[1].
Qurʼonning 108-surasi yaʼni Kavsar surasi eng qisqa surasi hisoblanadi. Ibn Isʼhoqning yozishicha, ushbu sura Makkada, Isro va Meʼrojdan birmuncha oldin Os ibn Voil as-Sahmiy paygʻambar Muhammad haqida: „U (erkak nasl-nasabidan) uzilgan, hech qanday oqibati yoʻq inson, u oʻlsa ham hech kim uni eslamaydi“, deganida nozil boʻlgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Sermon 179“. 2006-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 21-mart.
- ↑ „The Light of The Holy Qur'an (Sura Kauthar (The Abundance))“. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ see Sunan Abu Dawud 2877