Al-Shirqat tumani
Al-Shirqat tumani (arabcha: الشرقاط) Iroqning Saladin muhofazotidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi Al-Shirqat. Boshqa aholi manzilgohlari Xanugiyoh, Muxayim, Qaryat al-Huriya al-Jadida, al-Xadraniya, Ayna, Ijamasa va Jamaf kabilar. Qadimiy Ashshur xarobalari ham ushbu tumanda joylashgan.
Al-Shirqat tumani arabcha: الشرقاط | |
---|---|
Tuman | |
35°31′45.12″N 43°13′11.93″E / 35.5292000°N 43.2199806°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Saladin muhofazoti |
Maʼmuriy markazi | Al-Shirqat |
Vaqt mintaqasi | UTCAST +3 |
|
Tuman 2014-yilda IShID kuchlari tomonidan egallab olingan[1]. Islomiy davlatning yuqori martabali harbiy qo‘mondoni Abu Umar ash-Shishoniy 2016-yil iyulida ash-Shirqatdagi janglarda halok bo‘lgani xabar qilingan[2]. Tuman 2016-yil 22-sentyabrda toʻliq qaytarib olingan[3]. Islomiy davlat ishgʻoli tufayli Sharqatni 160 mingdan ortiq aholi tark etgan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Sinan Salaheddin. „U.S. airstrikes help push ISIS from key northern town, Iraq says“. Military Times (2016-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Daesh says top leader Omar Al-Shishani killed in battle“. Arab News. Qaraldi: 2016-yil 13-iyul.
- ↑ Ghazwan Hussain. „Iraqi army says it recaptured key town south of Mosul“. Reuters (2016-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
- ↑ Andrew Pestano,Iraq fully captures Sharqat District from Islamic State as Mosul Battle Looms, 23 Sept 2016.