Al-Zahiya
Al-Zahiya, ilgari Turistlar klubi hududi sifatida tanilgan, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahri markazida joylashgan hudud[1].
Al-Zahiya – koʻngilochar joy boʻlib, bu yerda restoranlar, mehmonxonalar (shu jumladan, Rotana Beach), barlar va tungi klublar faoliyat koʻrsatadi[2]. Bundan tashqari, Abu-Dabi savdo markazi ham aynan shu hududda joylashgan[3]. Ushbu hudud 1970-yillarda „Turistlar klubi hududi“ nomi bilan mashhur boʻlgan[4].
Yangi yoʻllar, koʻpriklar va boshqa shu kabi infratuzilma loyihalarga 258 million Birlashgan Arab Amirliklari dirhami sarflangan va 2019-yilda qurilish ishlari toʻliq yakunlangan[5][6].
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad, Anwar. „Residents welcome new names of Abu Dhabi’s Tourist Club Area and Zayed City“. The National (2014-yil 10-fevral). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
- ↑ „Bars & Nightlife in Al Zahiyah Abu Dhabi“. Time Out. Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
- ↑ „Al Zahiyah & Al Maryah Island“. Lonely Planet. Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
- ↑ „Al Zahiyah Area Guide“. Which School Adviser (2017-yil 10-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
- ↑ Haza, Ruba; Dajani, Haneen. „Abu Dhabi completes Dh258m Al Zahiyah development project“. The National (2019-yil 11-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
- ↑ „Abu Dhabi’s redevelopment of Al Zahiyah is now complete – Works at the old Tourist Club Area have now finished“. Time Out (2019-yil 13-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |