Al-istiqsot
Al-istiqsot — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasidagi tushun-cha. Moddiy unsurlar — suv, yer, havo va olovni bildiradi. Oʻrta asr Sharq fal-safasida, xususan, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ibn Rushd, Umar Xayyom va boshqa taʼlimotlarida barcha moddiy narsalar — materiya 6 guruhga boʻlingan: 1) osmon jismlari; 2) aqlli maxluqot; 3) aqlsiz maxluqot; 4) oʻsimliklar; 5) maʼdanlar; 6) toʻrt unsur, yaʼni havo, suv, yer, olov. Toʻrt unsur materiya turlarining eng sodda va boshlangʻichi boʻlib, moddiylikning asosini tashkil etadi. Moddiy narsalarning qolgan 5 guruhi esa boshlangʻich 4 unsoʻrning turli xil qoʻshiluvidan vujudga keladi. Jismlar oʻzgarishi, boʻlinishi, ajralishi, yoʻq boʻlib ketishi, yangidan vujudga kelishi mumkin, lekin boshlangʻich 4 unsur yoʻq boʻlmaydi. Bu taʼlimot oʻrta asr maʼnaviy hayotida muhim rol oʻynagan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |