Al A’sha
[1]Al-Aʼsha An-Nabigʻaning shoirlik sheʼriyati anʼanalarini davom ettirgan. U Old Osiyo davlatlari (Iroq, Suriya, Eron va boshq.)ning deyarli barcha poytaxtlariga borgan va hamma yerda saroy shoiri sifatida soʻzga chiqqan. Al-Aʼshaning qasidalarida, odatdagi elementlardan tashqari ziyofat tasvirlari va sharob maqtovlari batafsil keltirilgan. Al-Aʼsha qasidalarining sharobga bagʻishlangan qasidalari Tarafa va Antara qasidalarining tegishli joylari singari, sharob sheʼriyati (xamriyat) janrining kurtaklari bolgan. Bu janr al-Axtal va Abu Nuas ijodida toʻliq shakllangan. Tanqidchilar doimo tabiatning ajoyib tavsiflariga urgʻu berganlar. Ularga koʻplab tajassum etish (jonlantirib tasvirlash)lar jonli tus bergan.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Ziyavuddinova, Muxlisa. Al-A'sha, Toshkent, Toshkent: Sotiboldiyeva S, 2011 — 41-42-bet.