Al Solih masjidi

Sanodagi masjid

Solih Masjidi, Al Solih Masjidi (جامع الرئيس الصالح) – Yaman poytaxti Sano shahridagi eng yirik masjid. 2008-yil noyabrda Prezident Ali Abdulloh Solih sharafiga barpo etilgan[1][2]. 27.300 metr (294.000 metr) kattalikda joylashgan masjidda 13596 kvadrat metr (146.350 kvadrat metr) boʻlgan markaziy zali boʻlib, 44.000 kishini sigʻdira olish imkoniyati mavjud[3]. Qurilish uchun deyarli 60 million AQSh dollari sarflandi[4][5]. Musulmon boʻlmaganlar uchun ochiq, masjidga sayyohlar tez-tez tashrif buyuradi.

Masjid
Al Solih masjidi
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Tarixi

tahrir

2008-yilda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan azob chekayotgan bir paytda, Solih bunday ulkan loyiha amalga oshirgani uchun tanqid qilindi. Uning qurilishi paytida bir nechta baxtsiz hodisalar yuz berdi: minoralar qulab tushdi va odamlar oʻldi. Ushbu hodisalardan keyin, bu joyda Islom kollejini va masjidning yonidagi bogʻni qurish reja qilingan. Shuningdek, mahalliy tadbirkor Hayil Said, agar masjid qurilishi uchun pul olmasa, oʻz biznes litsenziyasini bekor qilish bilan tahdid solganligi aytilgan[6].

Masjid 2017-yil dekabr oyida Husiylar va Solih tarafdorlari oʻrtasidagi nizolar paytida diqqat markazida edi[7]. Oʻsha paytda Sano shahrida husiylar masjidning gumbazini yashil rangga boʻyashni rejalashtirganligi haqida mish-mishlar tarqalgan[8].

Masjid tasviri Yaman milliy valyutasida koʻrsatilgan. 2009-yilgi 250 yaman riyoli aversida tasvirlangan[9].

Qurilishi

tahrir

Masjid qurilishida qora bazalt toshlaridan, qizil, oq va qora rangdagi changtoshlardan foydalanilgan[10]. Binoni oʻzining arxitekturalik bezaklarini Makkadagi Masjid al-Haram bilan solishtiradilar[11][12]. „Yaman arxitekturasi va Islom uslublari“ning birlashtirilishi bilan qurilgan, devorlarga koʻplab Qur’on oyatlari yozilgan[13][14].

Binoning yettita gumbazi mavjud[15]. Asosiy tomda beshta gumbaz bor, uning diametri 27,4 metr (90 fut) va tomidan 39,6 metr (130 fut) balandlikda joylashgan. Qolgan toʻrtta gumbaz 15.6 metr (51 fut) va masjidning tom darajasiga nisbatan 20.35 metr (66.8 fut) balandlikda joylashgan[16]. Temir bilan qurilgan qavatlar mahalliy miqyosda „qamariyah“ deb ataladi. Oʻn besh yogʻoch eshikdan oʻntasi sharqiy va gʻarbiy tomonda joylashgan, beshtasi islom kollejlari va tahoratxonaga qarab janubiy tomonga ochilgan[17]. Eshiklar balandligi 22.86 metr (75.0 ft). Oltita minoralarning toʻrttasini balandligi 160 metr (520 ft) boʻlgan[18][19].

Ichki xona balandligi yerdan shiftgacha 24 metr[20][21][22]. Ulkan qandillar rangli va gulga oʻxshash shakllarga ega. Qur’on kollejini oʻz ichiga olgan uch qavatli binoda 600 nafar talabaga moʻljallangan kutubxonalar va sinfxonalar mavjud[23]. Uchta katta xona va kichik zal 2000 nafar ayollar uchun maxsus ajratilgan[24][25][26][27].

Masjidda zamonaviy markaziy shamollatish va ovoz tizimi, xavfsizlik choralari mavjud. Binoni tun davomida yoritib turadigan chiroqlar oʻrnatilgan[28][29]. Diah International qurilish va mexanik muhandislik uchun subpudratchi sifatida xizmat qildi. Sodaco Engineering & Contracting ham binoning qurilishida xizmat koʻrsatdi[30][31].

Manbalar

tahrir
  1. „Al Saleh Mosque“. Official Website of Yemen Tourism. 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2017-12-08 sanasida arxivlangan)
  2. „Big_Mosque_For_President_Puzzles_Yemens_Poor_a/ Big mosque for president puzzles Yemen's poor“. Associated Press (21-noyabr 2008-yil).
  3. „Al-Saleh Mosque in Yemen“. Islamic Arts Organization. 2015-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  4. „Yemen's new $60m mosque“. BBC (2008-yil 24-noyabr). 2008-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  5. Ledger. „Al-Saleh Mosque, Sana'a, Yemen“. The National Geographic. 2010-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  6. „Yemen: The story of al-Saleh Mosque“. Bikymasr Independent news for the world (2011-yil 20-noyabr). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  7. „Yemen powerbroker dies in Sanaa fighting“. BBC News (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  8. „The last hours of Yemen's Saleh“. Reuters (2017-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 18-yanvar.
  9. Cuhaj, George S.. Standard Catalog of World Paper Money: Modern Issues 1961 – Present. Krause Publications, 11 March 2011 — 1078–-bet. ISBN 978-1-4402-1584-1. Qaraldi: 2012-yil 31-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  10. Arrabyee, Nasser. „Huge mosque inaugurated in Sana'a“. Gulf News (2008-yil 21-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  11. „Yemen: The story of al-Saleh Mosque“. Bikymasr Independent news for the world (2011-yil 20-noyabr). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  12. „Mosquing the Problem“. Lonely Planet. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  13. „Al Saleh Mosque“. Official Website of Yemen Tourism. 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  14. „Al-Saleh Mosque in Yemen“. Islamic Arts Organization. 2015-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  15. Black, Ian. „Yemen: discontent and poverty simmer in west's new front against al-Qaida“. The Guardian (2010-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  16. Black, Ian. „Yemen: discontent and poverty simmer in west's new front against al-Qaida“. The Guardian (2010-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  17. „Al-Saleh Mosque in Yemen“. Islamic Arts Organization. 2015-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  18. „Al Saleh Mosque Sana'a, Yemen“. Sodaco. 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
  19. „Yemen's Poor Outraged by Massive Mosque for President“. Fox News (2008-yil 23-noyabr). 2008-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  20. „Al Saleh Mosque“. Official Website of Yemen Tourism. 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  21. „Al-Saleh Mosque in Yemen“. Islamic Arts Organization. 2015-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-dekabr.
  22. „Big mosque for president puzzles Yemen's poor“. Associated Press (2008-yil 21-noyabr).
  23. „Yemen's Poor Outraged by Massive Mosque for President“. Fox News (2008-yil 23-noyabr). 2008-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  24. Arrabyee, Nasser. „Huge mosque inaugurated in Sana'a“. Gulf News (2008-yil 21-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  25. Al-Omari, Moneer. „Yemen's Grandest Mosque Inaugurated“. Yemen Post (2008-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
  26. „President Ali Abdullah Saleh Mosque“. Diah International. 2013-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
  27. „Al Saleh Mosque – Yemen's 'national wonder' lit by Thorn“. Thorn Lighting. 2013-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
  28. Black, Ian. „Yemen: discontent and poverty simmer in west's new front against al-Qaida“. The Guardian (2010-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  29. „Al Saleh Mosque – Yemen's 'national wonder' lit by Thorn“. Thorn Lighting. 2013-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
  30. „President Ali Abdullah Saleh Mosque“. Diah International. 2013-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.
  31. „Al Saleh Mosque Sana'a, Yemen“. Sodaco. 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-yanvar.