Al Ya’qubiy
(to‘liq ismi: Abulabbos Ahmad ibn Abu Ya’qub ibn Ja’far ibn Vahb ibn Vahid al-kotib al-Abbosiy; 897 yoki 905 yyil vafot etgan) – yirik geograf va tarixchi olim. Hayotiga oid ma’lumotlar quyidagicha: Bag‘dadda tug‘ilgan, yirik mansabdor xonadonidan chiqqan. Ajdodlaridan biri Vahid ibn Vahb Abbosiya xalifalardan al-Mansur (754-775) zamonida Armanistonda va Misrda xalifaning noibi bo‘lgan; bobosi va otasi sohib barid (xalifani viloyatlardagi ahvoldan xabardor qilib turuvchi mansabdor) bo‘lib xizmat qilganlar. Ya’qubiy Bag‘dodda tahsil ko‘rgan lekin umrining ko‘p qismini Xuroson, Armaniston, Palastin, Misr va
Bag‘dodda kechirgan va xalifaning noiblari mahkamasida xizmat qilgan[1].
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).