Ala ko‘li
Ala koʻli (qirgʻizcha: Ала-Көл,[1] also Alakөl, ruscha: Ала-Куль) – Oqsuv tumanida joylashgan Terskey-Olatov togʻ tizmasidagi koʻl. Koʻl Qirgʻizistonning Kul viloyatida joylashgan. Ala koʻli dengiz sathidan 3532 m (11588 fut) balandlikda joylashgan. Koʻlning uzunligi 2,8 km (1,7 milya) va kengligi 600–700 m (2000–2300 fut)ni tashkil qiladi. Koʻl maydoni 1,5 km2 (0,58 mil2)[2].
Ala ko‘li | |
Ala ko‘lining surati. | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Region | Qirg‘iziston |
Yuzasi | 9,46 km² |
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi | 2.8 (11 mil) km |
Eng katta chuqurligi | 0,7 m |
Tarixi
tahrirPutimtsof ismli rus sayohatchisi birinchi boʻlib 1811-yilda Ala koʻliga tashrif buyurgan. Ushbu sayohatchi koʻlning turli rangdagi toshlarini va koʻl atrofida esayotgan shiddatli shamollarni tasvirlab bergan. Oradan 30 yil oʻtgach, Aleksandr fon Shrenk koʻl va uning atrofini oʻrganadi[3]. Ala koʻli „rang-barang koʻl“ degan maʼnoni anglatadi, garchi u oʻz nomini shimolda joylashgan Ala-Tau togʻlaridan olgan boʻlsa ham.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Decree 7 September 2009 No. 561 (Kyrgyz)
- ↑ "Алакөл" (ky). Кыргызстандын Географиясы [Geography of Kyrgyzstan]. Bishkek. 2004. p. 215. https://new.bizdin.kg/media/books/География_Кыргызстана.pdf.
- ↑ "Алакөл" (ky). Кыргызстандын Географиясы [Geography of Kyrgyzstan]. Bishkek. 2004. p. 215. https://new.bizdin.kg/media/books/География_Кыргызстана.pdf.