Ala masjidi
Ala masjidi (turkcha: Ala Camisi) – Turkiyaning Osmoniye viloyati, Kadirli shahridagi tarixiy masjid.
Masjid | |
![]() | |
Ala masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Joylashuvi | Osmaniye viloyati, Kadirli shahri |
Yoʻnalishi | sunniy |
Binokorlik | 1489-yil—V asr |
Balandligi | 19.5 m |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
Ala masjidi Usmoniya viloyatining Kadirli ilchesida (tuman) joylashgan. Masjidning sharqiy qismida Rim imperiyasi davriga oid qadimiy qabriston joylashgan[1].
Ushbu bino dastlab V asrda qurilgan Vizantiya cherkovi va monastiri boʻlgan. Shahar 1489-yili Dulkadiriy Qosimbey tomonidan bosib olingach, bino masjid va madrasaga aylantirilgan. Dulkariylar tomonidan binoga qoʻshimcha ravishda mimbar va minora qoʻshilgan[2]. Masjid dastlab Qosimbeyning otasi Alaüddevle Bozkurt sharafiga Alaüddevle Mescit deb nomlangan[3]. Keyinchalik bu nom qisqartirilib Ala masjidi deb nomlangan. XIX asrda Ala masjididan Usmoniylar armiyasi ombori sifatida foydalanilgan, 1865-yildan keyin esa masjid sifatida qayta tiklangan. 1924-yilda Turkiya Respublikasi davrida bino tashlab ketilgan[2]. 2012-yildan boshlab esa restavratsiya qilinib[4], 2020-yilning iyul oyida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan[5].
Richard Batlissning soʻzlariga koʻra, binoning ilk marotaba qurilgandagi oʻlchamlari 33 m × 19.5 m (108 ft × 64 ft) boʻlgan.