Alaeddin masjidi
Alaeddin masjidi (malaycha: Masjid Alaeddin) – Malayziyaning, Selangor viloyati, Kuala Langat tumani, Jugra shahrida joylashgan tarixiy masjid[1]. 2008-yilda ushbu masjid Milliy meros obyekti (Tapak Warisan Negara) sifatida eʼlon qilingan[2].
Masjid | |
Alaeddin masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Selangor viloyati | Kuala Langat tumani, Jugra shahri |
Koordinatalar | 2°51′49.1″N 101°26′23.2″E / 2.863639°N 101.439778°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Deli qirolligi |
Binokorlik | 1918—1924 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Alaeddin masjidi Vikiomborda |
Masjid Alaeddin va Masjid Bandar nomi bilan ham tanilgan ushbu masjid 1918-yilda qurilgan. 1924-yilda Selangorning sobiq sultoni Sulton Alaeddin Sulaymonshoh Ibni Roja Muda Musa Alaeddin masjidida namoz oʻqigan.
Tarixi
tahrirMasjidning qurilish ishlari 1903–1905-yillarda olib borilgan va 1906-yilda selangorlik Almarhum Sulton Sir Alaeddin Sulaymonshoh tomonidan rasman ochilgan. Sulton Alaeddin hayotligida ushbu masjidda juma namozini oʻqigan.
Arxitekturasi
tahrirMasjid Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasining Medan shahridagi Deli qirolligi dizayn elementlaridan taʼsirlangan holda yaratilgan. Alaeddin masjidi 1980-yil 24-iyuldagi 168/1976-sonli qurilish toʻgʻrisidagi qonunga binoan qadimiy yodgorlik va tarixiy obida sifatida eʼlon qilingan. Shuningdek, masjid 2005-yildagi Milliy meros toʻgʻrisidagi qonunga koʻra (645-sonli) 2008-yilda Milliy meros departamenti tomonidan roʻyxatga olingan va meros boʻyicha komissar, Dato faxriy professori Zuraina Majid tomonidan tasdiqlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Sultan Alaeddin Mosque of Selangor - Malaysia“.
- ↑ „Masjid Sultan Alaeddin“. VisitSelangor.com. Qaraldi: 2017-yil 7-may.