Alain Connes
Alain Connes (talaffuzi: Alen Konn) (1947-yil 1-aprelda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Operatorli aljabr sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Shu sohadagi faoliyati uchun 1982-yil Fields medaliga sazovor boʻlgan.
Alain Connes | |
---|---|
Tavalludi |
1-aprel 1947-yil Draguignan, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi |
Matematika Elementar zarrachalar fizikasi |
Institutlar |
Ilmiy tadqiqotlar oliy instituti Ohio davlat uiversiteti Vanderbilt universiteti |
Akademik rahbarlari | Jacques Dixmier |
Mashhur ishlari |
Baum–Connes gipotezasi Nonkommutativ geometriya Operatorli aljabr Termal vaqt gipotezasi |
Mukofotlari |
CNRS kumush medali (1977) Ampère mukofoti (1980) Fields medali (1982) Clay tadqiqot mukofoti (2000) Crafoord mukofoti (2001) CNRS oltin medali (2004) |
Connes 1970-yillarda Von Neumann algebrasi sohasida faoliyat yuritgan. Connes, shuningdek, K-teoriya hamda indeks teoriyasi sohasiga ham hissa qoʻshgan, natijada Baum–Connes gipotezasi ishlab chiqilgan. 1980-yillarda gomologiyani sohasida ishlagan, siklli gomologiyani ishlab chiqqan.
Olim oʻz ishlarini matematika va nazariy fizika, jumladan, sonlar nazariyasi, differensial geometriya hamda elementar zarrachalar fizikasi sohalarida tatbiq qilib keladi. Connes Nicolas Bourbaki taxallusi bilan faoliyat yurituvchi farang matematiklari guruhi aʼzosi boʻlgan.