Alan Ladd
Alan Walbridge Ladd (talaffuzi: „Alan Uolbrij Ledd“, 1913-yil 3-sentyabr — 1964-yil 29-yanvar) — amerikalik aktyor va kino prodyuseri. Ladd 1940-yillar va 1950-yillarning boshlarida kinoda muvaffaqiyatga erishdi, xususan, Shane (1953) kabi Western va noir filmlarida. U koʻpincha Veronika Lake bilan „The Gun for Hire“ (1942), „The Glass Key“ (1942) va „Th Blue Dahlia“ (1946) kabi „noir“ filmlarida suratga tushgan.
Alan Ladd | |
---|---|
Tavalludi |
Alan Walbridge Ladd 3-sentyabr 1913-yil Hot Springs, Arkansas, A. Q. Sh. |
Vafoti |
29-yanvar 1964-yil (50 yoshda) Palm Springs, Kaliforniya, A. Q. Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1932-1964 |
Turmush oʻrtogʻi |
Marjorie Jane Harrold (turm. 1936; ajr. 1941) Sue Carol (turm. 1942) |
Bolalari | 3 |
Otasi | Alan Ladd |
Onasi | Ina Raleigh |
Veb-sayti | cmgww.com/stars/ladd/ |
Biografiyasi
tahrirLadd 1913-yil 3-sentyabrda Arkanzas shtatining Hot Springs shahrida tugʻilgan. U Ina Raleigh (shuningdek, Selina Raleigh nomi bilan ham tanilgan) (1888-1937) va mustaqil hisobchi Alan Laddning (1874-1917) yagona farzandi edi[1]. Uning onasi ingliz va Durham okrugidan boʻlib, 1907-yilda 19-yoshida AQShga koʻchib ketgan. Uning otasi Ladd toʻrt yoshida yurak xurujidan vafot etdi[2]. 1918-yil 3-iyulda yosh Alan gugurt o‘ynab, tasodifan oilaviy uyni yoqib yubordi. Onasi Oklaxoma Siti shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda rassom Jim Biversga turmushga chiqdi (1936-yilda vafot etgan)[3].
Erta karyerasi
tahrirLaddning „The Mikado“ filmidagi oʻyinini isteʼdod ovchilari koʻrgan. 1933-yil avgust oyida Ladd Universal Pictures bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan yosh „kashfiyotlar“ guruhidan biri edi[4]. Shartnomada yetti yil davom boʻlishi mumkin boʻlgan variantlar bor edi, ammo ularning barchasi studiya foydasiga edi. Ladd „Once in a Lifetime“ (1932) filmida nomaʼlum rol ijro etdi.
Oʻlimi
tahrir1964-yil yanvar oyida tizzasini jarohatlaganidan keyin Ladd Palm Springsdagi uyida sogʻayishiga umid qildi. 1964-yil 29-yanvarda uning xizmatchisi Laddni ertalab soat 10 da karavotida ko‘rganini va hammasi joyida boʻlganini aytdi. 3:30 da qaytib kelganida esa u Laddni toʻshagida oʻlik holda topdi[5][6].
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1953 | Better Living TV Theatre | Oʻzi | 1953 yil 6 sentyabr, epizod |
1954 | Red Skelton Revue | Mehmon | 1.1-qism |
1954-1958 | General Electric Theater | Turli rollar | 3 qism Ijrochi prodyuser (2 qism) |
1955 | Kings Row | Oʻzi | Epizod: „Qoʻrquvdagi xonim“ |
1957-1958 | The Bob Cummings Show | Oʻzi | 2 epizod |
1959 | Schlitz Playhouse of Stars | –
|
Epizod: „Ivy League“ |
Manbalar
tahrir- ↑ "Alan Ladd (1913–1964)". Encyclopedia of Arkansas. http://www.encyclopediaofarkansas.net/encyclopedia/entry-detail.aspx?entryID=2767. Qaraldi: February 1, 2017.
- ↑ Alan Ladd (1913-1964), The Encyclopedia of Arkansas History & Culture
- ↑ Linet pp. 4-5
- ↑ Embryo Screen Stars Have Day in Court: New Cinema Cron Appears for Approval of Contracts. Los Angeles Times (1933-yil 12-avgust), s. A10.
- ↑ Movie Star Alan Ladd, 50, Found Dead in His Home: Alan Ladd, 50 Movie Actor, Dies in Home Star Won Fame as Film Gunman. Chicago Tribune (1964-yil 30-yanvar), s. 1.
- ↑ Actor Alan Ladd Dies in Palm Springs Home: Alan Ladd Death. Los Angeles Times (1964-yil 30-yanvar), s. 1.