Alaniy, a – aminopropion kislota, tabiatda keng tarqalgan aminokislotalardan biri. Mol. miqdori 89,09. Organizmda erkin holda uchraydi, barcha oqsillar tarkibiga kiradi. R-Alaniy CH2(NH2) CH2COOH oqsillar tarkibida uchramaydi, lekin aminokislotalar almashinuvida u oraliq mahsulot boʻlib, ayrim biologik faol birikmalar tarkibiga kiradi. Bufer eritmalar tayyorlashda, pantoten kislota va biologik faol peptidlar analoglarini sintez qilishda ishlatiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil