Alashan (togʻ)
Alashan, Xelanshan — Xitoyning Gansu provinsiyasidagi togʻ tiz-masi, Alashan choʻlining janubi-sharqiy chekkasida. Shimolidan jan.ga 270 km ga choʻzilgan. Eng baland nuqtasi 2855 m. A. tuprogʻi unumdor va aholi zich yashaydigan Xuanxe vodiysini Alashan qum choʻlidan ajratib turadi. A.ning yuzasi toshloqli chala choʻldan iborat. Chala choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Kumir koni bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |