Alau (muz saroyi)
„Alau“ muz uchish saroyi — Ostonadagi yopiq konki uchish stadioni. Short-trek, xokkey, kyorling va figurali uchishdan mashgʻulotlar va sport musobaqalari oʻtkazish uchun moʻljallangan. „Alau“ muz saroyi dunyodagi konki uchish stadionlarining ichida 17-oʻrinni egallaydi[1]. Stadion gollandiyaning AD Sportwereld nashriyotning maʼlumotlari boʻyicha dunyodagi konki uchish moʻljallangan stadionlarning orasida birinchi oʻrindi oladi[2].
Toʻliq nomi | qozoqcha: Алау (мұзайдыны сарайы) |
---|---|
Joyi | Ostona, Qozogʻiston |
Qachon qurilgan | 2007-2011 |
Qachon ochilgan | 2011 |
Yuzasi | Muz |
Meʼmor | VL Architects |
Bosh pudratchi | Sembol Construction |
Hajmi | 8 000 |
Bundan tashqari, qoʻshimcha fitnes markazi ham bor, unda futzal va boshqa oʻyinlar oʻtkazishga boʻladi. Zalni 1 soatga ijaraga olish — 30 000 tenge (soʻngi 2012-yilgi noyabr oyi holatiga).
Arxitekturasi
tahrir„Alau“ muz maydon saroyi Ostonadagi Yesilning chap qirg‘og‘idagi yangi maʼmuriy markazda joylashgan. Majmuaning loyihasin qozog‘istonlik „VL“ arxitektura muassasasi yasagan, meʼmor V. A. Laptev. Bosh pudratchi — Turkiyaning Sembol Inshat qurilish kompaniyasi. Binoning umumiy maydoni 41 670 kvadrat metr.
Tush yechimida uch tasvir uygʻunlashgan Saroyning arxitektura konsepsiyasining tasviri, saroy logotipida aks ettirilgan.
Yashil rang yangilanishni, yoshlik, bahorni anglatadi.
Moviy rang — muz maydonini ifodalaydi.
Toʻq sariq rang, olovning rangi — bu ob’yektning nomi.
Toʻq sariq — bu harakatning, mehribonlik va erkinlik rangi. Toʻq sariq rangning bosh maʼnosi va belgisi: harakat, tezlik, ritm, hayotga ishtiyoq.
Muz ahvolini va iqlimini nazorat qilish nuqtai nazaridan qaraganda dunyoda „Alau“ juda yaxshi jihozlangan. Bu yerda yaratilgan bor sharoitlar eng tez muz shakllantirish uchun havo haroratining va namligining eng samarali parametrlarini izlash imkonini beradi. Muz yuzasining haroratini oʻlchash orqali 400 metrlik chiziqdagi harorat farqi 1 darajadan oshmasligi aniqlandi.
Ushbu tizimning tufayli tomoshabinlarga oʻz joylarida qulay boʻladi. Shu bilan birga, koʻrish joyidan bir necha metr uzoqlikda muz maydonida butunlay boshqa mikroiqlim sodir boʻladi. Issiq devor yana bir juda muhim rol oʻynaydi, u tomoshabinlarning poyabzallaridan, tashqi kiyimlaridan changlarning bir qismini ushlab qoladi. Bu inson koʻziga koʻrinmas boʻlishi mumkin, ammo bu muzning sifati uchun juda zararli.
„Alau“ — „tezkor muz“ tayyorlashga imkoniyat beradigan, zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, dunyo talablariga mos muz maydoni.
„Alau“ muz maydoni 8000 oʻringa moʻljallangan platformasi bor uzunligi 400 metr muz yoʻlidan, ikkita xokkey maydonchasi, hakamlar hay’ati zali, matbuot anjumani oʻtkazish uchun kongress zali, sportchilar uchun sakkizta kiyim almashtirish xonasidan iborat.
Manbalar
tahrir- ↑ „О компании“. alau.info. 2012-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
- ↑ „Ледовый дворец «Алау» в Астане занял первое место в рейтинге конькобежных стадионов планеты“. ҚазАқпарат (2012-yil 25-aprel). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.