Alaviyon gumbazi Hamadon shahridagi Imomzoda Abdulloh maydoni yaqinida joylashgan. Ushbu bino Saljuqiylar davrida barpo etilgan. Qadimda ushbu binoda gumbaz boʻlib, vaqt oʻtishi bilan gumbaz qulab tushgan. Ushbu bino hududida Hazrat Ali oilasi vakillari dafn etilgan. Bino devorlarida Qurʼondan oyatlar kufiy va suls xatlarida bitilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 272-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.