Alaxdash, deliriy – oʻng oʻzgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi. Alaxdash vaqtida bemor koʻpincha bezovtalanib, koʻziga turli-tuman qoʻrqinchli narsalar (mas, hayvonlar) koʻrinadi, uni ayblovchi, haqoratlovchi tovushlar eshitadi, baʼzan oʻzini himoya qilish payida boʻladi, goʻyo atrofidagi hamma narsa oʻzgarib ketgandek tuyuladi. Bemor koʻziga koʻringan narsalarni, qulogʻiga eshitilgan tovushlarni koʻpincha yodida saqlab qoladi. Ammo atrofida sodir boʻlgan voqealarning hammasini eslay olmaydi. Alaxdash bir necha soatdan 3-5 kungacha davom etib, baʼzan qaytalanib turadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil