Alazani
Gruziya va Ozarbayjondagi Daryo
(Alazandan yoʻnaltirildi)
Alazani, Alazan – Gruziya va Ozarbayjondagi daryo (kisman ikkala respublika chegarasidan oqadi). Uzunligi 351 km, havzasining maydoni 10800 km². Katta Kavkazning janubiy yon bagʻridan boshlanib, togʻdan chiqqach keng Kaxetiya vodiysidan oqib Mingechaur suv omboriga quyiladi. Qor, yomgʻirdan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 98 m³/sek. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Vodiy yon bagʻirlarida tokzorlar bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |