Albinizm (lotincha albus – oq) – odam va hayvonlar terisi va koʻzining rangdor pardasida pigmentning (yuksak oʻsimliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) boʻlmasligi. Albinizm – irsiy belgi boʻlib, pigment (melanin, xlorofill) sinteziga toʻsqinlik qiluvchi resessiv genning gomozigot holatga oʻtishi yoki xloroplastlarda sodir boʻladigan irsiy oʻzgarishlar (qarang Sitoplazmatik irsiyat) bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Rangini yoʻqotgan organizmlar albinoslar deyiladi. Albinoslar 20000-40000 odamdan bittasida uchraydi. Laboratoriya hayvonlari – kalamush, sichqon, quyonlarning toza albinos liniyalari tadqiqot ishlarida foydalanish maqsadida boqiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil