Aldol kondensatlanish
Aldol kondensatlanish — ikki molekula aldegidning oʻzaro birikib, tarkibida aldegidlar va alkogol guruhi boʻlgan moddalar, yaʼni aldollar hosil qilishi. Aldol kondensatlanish ilk bor 1872-yilda nemis kimyogari Aldol Vyurs tomonidan kashf qilingan. Ketonlar ham aldol kondensatlanish reaksiyasiga oson kirishadi. Aldol kondensatlanish natijasida hosil boʻladigan aldegidspirtlar reaksiyaga juda tez kirishuvchan moddalar; oʻsimliklar toʻqimalarida boʻladigan koʻpchilik jarayonlarni oʻrganishda ularning katta ahamiyati bor[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |