Aleksander Klumberg

Estoniyalik yengil atletikachi

Aleksander Klumberg (1936-yilda familiyasini Kolmperega oʻzgartirgan; 17-aprel, 1899-yil – 10-fevral, 1958-yil) – estoniyalik yengil atletikachi (dekatlet)[1], Parijdagi olimpiya oʻyinlari sovrindori (1924). Dekatlon boʻyicha birinchi jahon rekordchisi.

Aleksander Klumberg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Estoniya bayrogʻi Estoniya
Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi
Tavallud sanasi 17-aprel 1899-yil
Vafot sanasi 10-fevral 1958-yil(1958-02-10)
(58 yoshda)
Boʻyi 174 sm
Vazni 74 kg
Sport
Qaysi sport Yengil atletika (dekatlon)
Klubi Kalev Tallin

4-darajali Estoniya Qizil Xoch ordeni sohibi.

Tarjimai holi

tahrir

1899-yil 17-aprelda Rossiya imperiyasining Revel (hozirgi Tallin) shahrida tugʻilgan[2].

Aleksander Klumberg 1918—1919 yillarda ozodlik urushida ishtirok etgan[2].

Faoliyati

tahrir

Blumberg 12-13 yoshida sport bilan shugʻullana boshlagan. Ikki yildan soʻng Kalevga koʻchib oʻtgan va mahalliy klub safida mashgʻulot oʻtkazgan. Uch hatlab sakrash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Estoniya va Rossiya imperiyasida rekordlar oʻrnatgan. 1916-yilda uch hatlab sakrash boʻyicha Rossiya chempioni boʻlgan. Shuningdek, uzunlikka sakrash bahslarida ham qatnashib, ikkinchi oʻrinni egallagan[2].

1920-yilda Antverpenda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida nayza uloqtirishda 5-oʻrinni, pentatlonda esa 8-oʻrinni egallagan. 1923-yilgi xalqaro musobaqalarda nayza uloqtirish boʻyicha uchinchi, dekatlonda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[2].

1922-yildan 1923-yilgacha jahon reytingini boshqargan. Shuningdek, faoliyati davomida yana bir echa marta reytingda yetakchilik qilgan[2].

 
Aleksander Klumberg 1924-yilda

1924-yilda Parijda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida dekatlon boʻyicha bronza medalni qoʻlga kiritgan va nayza uloqtirishda 17-oʻrinni egallagan[3]. Eesti Spordileht uni barcha davrlardagi eng yaxshi estoniyalik sportchi deb eʼtirof etgan[2].

Sportdan tashqarida

tahrir

1930-yilda Klumberg yengil atletika boʻyicha ikkita darslik yozgan va maxsus (sportga yoʻnaltirilgan) adabiyotlarni nashr etish jarayonlarida ishtirok etgan[2]. Polsha yengil atletika olamiga 10 000 metrga yugurish boʻyicha 1932-yilgi olimpiada chempioni Pole Yanush Kusochinskiyning murabbiyi sifatida tanilgan.

1936-yilda familiyasini Kolmperega oʻzgartirib, estonlashtirgan[2].

1940-yilda 4-darajali Estoniya Qizil Xoch ordeni bilan mukofotlangan[2] .

1958-yil 10-fevralda ona shahrida vafot etgan. Tallindagi Rahumäe qabristoniga dafn etilgan[2][4].

Manbalar

tahrir
  1. „Aleksander Klumberg“. Olympedia. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 „Aleksander Klumberg“ (et). ESBL. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-may.
  3. Aleksander Klumberg. sports-reference.com
  4. „Cemetery Portal“. 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.