Aleksandr Ivanovich Bedritskiy (1947-yil 10-iyul, Angren, Oʻzbekiston SSR) – Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi (2009–2018). 1993-yildan 2009-yilgacha Rossiya Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi federal xizmati (Rosgidromet) boshligʻi boʻlgan.

Tarjimai holi

tahrir

1975-yilda Toshkent aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

1980–1992-yillarda Oʻzbekiston respublika gidrometeorologiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan.

1992–1993-yillarda Rossiya Federatsiyasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Bedritskiy 1993-yilda Rogidrometni boshqargan va 1998-yil iyun va noyabr oylarida Sergey Kiriyenko va Yevgeniy Primakovning idorasida yana Rosgidromet rahbari lavozimiga tasdiqlangan.

2003-yilda Aleksandr Bedritskiy Butunjahon meteorologiya tashkiloti prezidenti etib saylandi. 2007-yilda ikkinchi toʻrt yillik muddatga qayta saylandi. 1978-yildan buyon Butunjahon meteorologiya tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida hamda ekologiya konventsiyalari ishtirokchilari konferensiyalarida, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama shartnomalarda faol ishtirok etib kelmoqda. U 1993-yil may oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasining Butunjahon meteorologiya tashkilotidagi doimiy vakili boʻlib faoliyat yuritgan.

Aleksandr Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan.

2009-yil 27-noyabrdan 2018-yil 22-iyungacha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlgan.

2010-yil 25-yanvardan 2018-yil 18-iyulgacha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim masalalari boʻyicha maxsus vakili boʻlib faoliyat yuritgan.

Oilasi

tahrir

Aleksandr uylangan va uning uchta oʻgʻli va toʻrtta nevarasi bor.

Manbalar

tahrir