Aleksandr Deyneka
Aleksandr Aleksandrovich Deyneka [1899.8(20).5, Kursk - 1969.12.6, Moskva] — rus rassomi. Harkov rassomlik bilim yurtida (1915—17) va Moskva Oliy badiiy texika ustaxonasida (1920—25) taʼlim olgan. Ijodida davr ruhi, joʻshqin hayot, fidokorona mehnat, sport, lirik mavzular yetakchi oʻrin tutadi. Asarlari: "Yangi sexlar qurilishida" (1926), "Ona" (1932), "Boʻlajak uchuvchilar" (1938), "Sevastopol mudofaasi" (1942) va b.; Moskva metropolitenining "Mayakovskiy" (1938—39) va "Novokuznetskaya" (1943) bekatlari va b.ga ishlangan asarlari, koshinlari mashhur.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |