Aleksandr Gridyushko
Aleksandr Stanislavovich Gridyushko (ruscha: Александр Станиславович Гридюшко; 1961-yil 28-yanvar, Vitebsk, Belorussiya SSR, SSSR — 1998-yil 13-noyabr, Rechitsa, Belarus) — sovet va belarus futbolchisi, hujumchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 28-yanvar 1961-yil | ||
Tavallud joyi | Vitebsk, Belorussiya SSR | ||
Vafot sanasi |
13-yanvar 1998-yil (36 yoshda) | ||
Vafot joyi | Rechitsa, Belarus | ||
Ampluasi | Hujumchi |
Futbolchilik faoliyati
tahrirAleksandr Belarusning Vitebsk shahrida tugʻilgan. Vitebsk „Qizil bayroq“ yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchis va uning birinchi murabbiyi Alim Matviyovich Xirshin boʻlgan. U oʻz faoliyatini 1979-yilda mahalliy „Dvina“ jamoasida boshlagan va klubi bilan deyarli uch mavsum toʻp surgan. 1981-yil oxirida Sobiq Ittifoqning eng kuchli jamolaridan biri Moskvaning „Spartak“ jamoasi safiga oʻtdi. Jamoada kuchgli raqobat tufayli oʻrinbosarlar jamoasi safida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. U keyingi mavsumni Leningradning „Zenit“ jamoasida boshladi. Birinchi davrada „Spartak-M“ga qarshi birinchi bo‘limni o‘tkazdi[1]. Ikkinchi davrada Moskva „Dinamo“siga qarshi o‘yinda ham tanaffusdan so‘ng almashtirildi[2]. Zenit jamoasi safida ham asosiy tarkibdagi kuchli raqobat tufayli u „Gomselmash“ jamoasiga mavsumning ikkinchi yarmini oʻtdi. Keyingi mavsumda yana „Zenit“da ish boshladi. Birorta ham oʻyin oʻtkazmasdan Dvinaga qaytdi va 1985-yilda Vityaz jamoasida toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Gridyushko 1987-yilgi mavsumning birinchi yarmini SSSR birinchi ligasidagi Oʻzbekiston klubi, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazdi. Paxtakor jamoasi safida uzoq toʻp surmadi. Mavsumning ikkinchi yarmida „Kolxeti“ jamoasi safiga oʻtdi. 1987—1988-yillarda 9 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1988-yilda KIM nomli birinchi jamoasi safiga oʻtdi.
1989-yilni Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻtkazdi. Lochinlar safida ancha sermahsul oʻyin nomyish etdi va3 8 oʻyinda 10 ta gol muallifiga aylandi. 1990-yilda yana KIMga qaytdi — ikki yil ichida 68 oʻyin oʻtkazdi, 27 gol urdi, 1992-yilgi mavsumni ikkinchi jamoada oʻtkazdi. 1993-yilda Gridyushko Finlandiyada „Pallo-Kero 37“ va RoPS Rovaniemi klublarida oʻynadi. 1994—1995-yillarda Ukrainaning „Zarya-MALS“ klubi tarkibida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi. U yerda oʻzining reaksiyasi, bosh bilan zarbasi, ajoyib oʻyinlari bilan yodda qoldi[3]. Keyingi ikki mavsumda Rossiyaning ikkinchi ligasida Novotroitskning „Nosta“ va Borovskning „Industriya“ klublarida oʻynadi. 1997-yilda Belarusga qaytib keldi. „Lida“da 1,5 mavsumni, qolganini „Vedrich-97“da oʻtkazdi[4]. 1998-yil 13-noyabrda vafot etdi.
Yutuqlar
tahrir- Belarus chempionatining birinchi ligasi gʻolibi (1) : 1998-yil
- Belarus chempionati birinchi ligasining bronza medali sovrindori (1) : 1997-yil
- SSSR chempionati ikkinchi ligasining 7-zonasi kumush medali sovrindori (1) : 1989-yil
- SSSR chempionati ikkinchi ligasining 9-zonasi bronza medali sovrindori (1) : 1987-yil
- SSSR chempionati ikkinchi quyi ligasining 6-zonasi kumush medali sovrindori (1) : 1990-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Зенит (Ленинград) — Спартак (Москва) 0:0“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Зенит (Ленинград) — Динамо (Москва) 2:0 (0:0)“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Гридюшко Александр Станиславович“. 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
- ↑ „Легіонерська доля. Зоря (Луганськ)“. Офіційний сайт ФК «Зоря» (Луганськ). 4 березня 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 вересня 2015.