Aleksandr Vasilyevich Gvozdikov (1903, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Volgograd viloyati — 1973, Toshkent) — oʻrmonshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), professor (1969). Saratov qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1929). Surxondaryo okrugida oʻrmon melioratsiya partiyasi boshligʻi va okrug oʻrmon melioratori (1929—1936), Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi va agrooʻrmon melioratsiyasi ilmiy tadqiqot institutida sektor mudiri (1936—1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1946). 1946-yildan Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo sharoitlarida oʻrmonchilik, agrooʻrmon melioratsiyasi, qumlarni mustahkamlash va boshqalar masalalarga bagʻishlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil