Aleksandr Ilyuxin
Aleksandr Merkulovich Ilyuxin — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Aleksandr Merkulovich Ilyuxin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1915-yil |
Vafoti | Aniq emas |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAleksandr Merkulovich Ilyuxin 1915-yilda tugʻilgan. 1940-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Ilyuxin 1939-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1939-1987-yillarda — Toshkentdagi charm-galantereya va poyabzal fabrikasi muhandisi, bosh muhandisi, direktori, Toshkent shahar partiya qoʻmitasi sanoat boʻlimi mudiri, tuman partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi Raisining oʻrinbosari, Nukus shahar komitetining birinchi kotibi, partiyaning Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Yangiobod tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, Toshkent viloyat partiya komiteti kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo va Andijon viloyat komitetlarining ikkinchi kotibi hamda Oʻzbekiston SSR uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimlarida ham faoliyat koʻrsatgan.
Aleksandr Merkulovich Ilyuxin Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 6-, 7-, 8-, 9-, 10- va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Davlat va siyosat arbobi Ilyuxin 1987-yildan keyin vafot etgan.
Havolalar
tahrir- Ichkaridan qarash. Birinchi kitob (Leonid Ben-Shir Besher-Belinskiy) Arxivnaya kopiya
- Ilyuxin
- Ilyuxin Arxivnaya kopiya
- GARF R7523 105 151 " SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 25-avgustda qabul qilingan Farmoni va unga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2074-VIII. 6-jild