Aleksandr Lyudvigovich Kun – rossiyalik sharqshunos va islomshunos olim. Otasi kelib chiqishi Klaypeda shahridan boʻlgan nemis, onasi tabrizlik, arman millatiga mansub ayol boʻlgan[1]. 1865-yilda Sankt-Peterburg universitetining sharq tillari fakultetini arab-fors-turk tillari razryadi boʻyicha kandidat darajasida tamomlagan. Turkiston oʻlkasida xizmat qilgan, keyinchalik Vilensk okrugi nozirining yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan. Oʻzining nashr etilmagan „Qur’ondagi diniy va huquqiy-siyosiy munosabatlarning mushohadasi“ nomli asaridan tashqari u „Vaqflar“ („Turkiston viloyati gazeti“, 1872-yil 21-son) va „Qoʻqon xonligi ocherki“ asarlari muallifidir.

Aleksandr Lyudvigovich Kun
Tavalludi 1840-yil
Vafoti 1888-yil
Kasbi sharqshunos olim, tilshunos

Aleksandr Lyudvigovich Kun 1888-yil 21-oktyabrda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Д. Худоназаров „Экспедиция графа Бобринского на Зарафшан и загадки Макшеватской пещеры“, . Центральная Азия. Традиция в условиях перемен, Выпуск III, СПб: МАЭ РАН "Кунсткамера", 2012 — 385-bet. ISBN 978-5-88431-206-7. 

Havolalar

tahrir