Aleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko (Аляксандар Лукашэнка, Аляксандр Лукаш, Александр Лукашенко, Alyaksandar Rigʻoravich Lukashenka, IPA: [alʲa'ksandr rɨ'ɣorəvʲɪtʃ ɫuka'ʂɛnkə]; 30-avgust, 1954, Kopis) - Belarus prezidenti. Mogilyov pedagogika instituti (1975) va Belorus qishloq xoʻjaligi akademiyasini, ekonomika fakultetini (1985) tugatgan. 1977—78 yillarda tuman ijroiya qoʻmitasida ishlagan. 1982-yildan agrosanoat majmuida turli lavozimlarda. 1982-yilda kolxoz raisi oʻrinbosari lavozimiga saylanadi, 1985-yildan 1987 gacha Shklovskiy tumani Lenin nomidagi kolxoz partiya qoʻmitasida kotib boʻlib ishlagan. 1990-yildan Belorus Respublikasi Oliy Kengashi aʼzosi; 1993—94 yillarda Oliy Kengashning korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi raisi. 1994-yil iyuldan Belorus Respublikasi prezidenti. 1994-yil 21—23 dekabrda rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan.[3]
Manbalar
tahrir- ↑ .До учреждения должности президента и до вступления А. Лукашенко в эту должность главой Республики Беларусь являлся Мечислав Гриб — Председатель Верховного Совета Республики Беларусь, высшее должностное лицо государства согласно ст. 107 Конституции, сохранявшей действие до принятия новой конституции в 1994 году.
- ↑ Лукашенко Александр Григорьевич
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrir