Aleksandr Pann
Aleksandr Mixaylovich Pann (1914.25.3, Ukraina, Lozovaya shahri — 1993.21.2, Sankt-Peterburg) — operator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1966). Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1940). 1946-yildan "Oʻzbek-film"da operator boʻlib ishlagan. "Amudaryo boʻylab", "Samarqand", "Far-gʻona vodiysi", "Insoniyat besh qoʻli" kabi 15 ga yaqin hujjatli, "Stadionda uchrashamiz", "Qutlugʻ qon", "Ulugʻ-bek yulduzi", "Yettinchi oʻq", "Achchiqda-nak", "Ertangi dare", "Yetti umid kamalagi", "Ringga chaqiriladi", "Oʻzgalar tashvishida" va boshqa badiiy filmlarga operatorlik qilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |