Aleksandr Aleksandrovich Svetakov (ruscha: Александр Александрович Светаков) – rossiyalik milliarder, mulk ishlab chiqaruvchi, Absolut Group asoschisi hamda rahbari[1].

Alexander Svetakov
Tavalludi
Alexander Alexandrovich Svetakov

1968-yil 15-fevral
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Absolut Group asoschisi va raisi
Bolalari 3

Hayotning boshlangʻich davri

tahrir

Aleksandr Aleksandrovich Svetakov[2] Moskva Elektron Mashinasozlik Institutida (MIEM) tahsil olgan hamda u yerda muhandislik bakalavriati darajasini olgan[3][4].

Faoliyati

tahrir

MIEMda qatnashayotganda Svetakov kursdosh talabalari Gleb Galin va Endryu Truskovlar bilan hamkorlik qilib, Singapurdan elektronika buyumlarini olib kelgan, hamda ularni ulgurji narxga sotishgan. Ushbu korxona Absolute Trade House (Absolute LLP) boʻlgan. Hozirda Rossiyadagi eng yirik elektronika ulgurji savdosi ham rivojlangan.

1993-yilda Svetakov Galin va Truskov bilan hamkorlik qilib, Absolute Bankni tashkil qilishgan. Aleksandr Svetakov 2007-yilda Absolut-bankni Belgiyalik guruhga deyarli 1 milliard dollarga sotishgan. Oʻshandan beri Aleksandr Svetakov mulkni rivojlantirishga oʻtgan hamda 2013-yilda London va Nyu-Yorkda beshta loyihani ishlab chiqgan. 2015-yilda Absolute Group Kiprning Limassol shahridagi Noble Business Center uchun Yevropadagi eng yaxshi ofis arxitekturasi uchun Xalqaro mulk mukofotini ham olgan[5].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Aleksandr Svetakovning uchta farzandi bor. Aleksandr Svetakov Rossiyaning Moskva shahrida yashaydi. Aleksandr Svetakov Cloudbreak yaxtasining egasi hisoblanadi[6].

Aleksandr Svetakov 2002-yilda yetimlar, nogiron bolalar va ogʻir kasalliklarga chalingan bolalarga yordam berish uchun "Absolute-Help" jamgʻarmasiga asos solgan. Bu loyihasi orqali juda ham koʻp bolalarga yordam berib, ularni xursand qilib kelmoqda.

Manbalar

tahrir
  1. „Александр Светаков“. Vedomosti.
  2. „Alexander Alexandrovich Svetakov“. Bloomberg. Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  3. „Alexander Svetakov“. Forbes. Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  4. „Alexander Svetakov“ (2019-yil 6-fevral). 2019-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  5. „Absolute Investment Group Awarded at the CIPA International Investment Awards 2016“ (2016-yil 7-sentyabr). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.
  6. Tognini. „Biden And Allies Are Coming For Russian Billionaires' Yachts: Forbes Tracked Down 51. Here's Where To Find Them“ (en). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.