Aleksandr Viktorovich Tarasenko (1978-yil 11-dekabr, Jovti Vodi, Dnepropetrovsk viloyati) — ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Oleksandr Tarasenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleksandr Viktorvych Tarasenko
Tavallud sanasi 11-dekabr 1978-yil (1978-12-11) (45 yosh)
Tavallud joyi Jovti Vodi, Dnepropetrovsk viloyati, Ukraina SSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993—1994 FC Sirius Zhovti Vody 2 (0)
1997—2004 Olympia FC AEC 73 (12)
2001—2002MFC Mykolaiv (ijara) 18 (0)
2004—2005 FC Hirnyk-Sport Horishni Plavni 11 (0)
2005—2006 FC Ihroservice Simferopol 4 (0)
2006—2009 FC Oleksandriya 79 (5)
2009—2009 FC Naftovyk-Ukrnafta Okhtyrka 53 (1)
2011—2012 MFC Mykolaiv 20 (1)
2012 FK Buxoro 13 (1)
2011—2013 MFC Mykolaiv 16 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 17-aprel uchun)

Faoliyati

tahrir

Jettivodsk futboli tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiy P. A. Sheremet.

Ilk professional klubi — Sirius jamoasiga 1994-yilda qoʻshilgan. Klub bilan ikki mavsumda atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan. 1995-yilda Nikolayev viloyati kubogi gʻolibi va 1995-yilda Nikolayev viloyati chempionatining bronza medali sovrindori.

1997-yildan 2004-yilgacha ikkinchi liganing „Olympia FC AES“ jamoasida oʻynagan. „Olimpiya“ safida 149 ta oʻyinda 12 ta gol urgan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Nikolayev“ safida 18 ta oʻyinda maydonga tushgan. Aleksandr keyingi faoliyati davomida Gornyak-Sport (Komsomolsk), IgroService (Simferopol), Oleksandriya va Neftyanik-Ukrnafta klublarida oʻynagan. 2011-yilda Nikolaevga qaytdi.

Keyingi qishda Nikolayev klubini tark etdi. Oʻzbekistonning „Buxoro“ klubida bir oylik yigʻinda[1] boʻlganidan soʻng shartnoma imzoladi. O‘zbekiston chempionati oliy ligasida 2012-yil 15-mart kuni Paxtakorga qarshi 1-tur uchrashuvida (0:1) debyut qilgan[2]. „Buxoro“ safida esa 2012-yilgi chempionatning birinchi davrasidagi barcha 13 ta o‘yinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan.

2012-yilning yozida u Nikolayev klubiga ikkinchi marotaba qaytdi. Bukovinaga qarshi birinchi oʻyinda Football.ua saytiga[3] koʻra birinchi liga turining ramziy jamoasiga kirdi. 2012—2013-yilgi mavsum yakunlangach, jamoani tark etdi[4]. Yangi mavsumni Armanistonning „Titan“ jamoasi bilan boshladi[5], u yerda yarim yil oʻynadi. Yil yakunida Granitas jamoasiga oʻtdi

2014-yilda Tarasenko vatandoshi Oleg Dmitrenko bilan birgalikda Granitas (Klaypeda) jamoasida qoʻshildi. Klub 2013-yilgi mavsum oxirida Litva futbolining yuqori divizioni boʻlmish A-ligada oʻynash huquqini qoʻlga kiritgandi[6]. Keyingi yili Litvaning Kruoja jamoasiga qoʻshildi. Futbolchilik faoliyatning soʻnggi yillarida Kanadaning Ukraine United va Vorkuta klublarida oʻynagan.

Yutuqlari

tahrir
  • Ukraina Ikkinchi ligasi gʻolibi: 2010—2011
  • Ukraina Ikkinchi ligasining ikkinchi oʻrin sohibi: 2005—2006

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Merkushev N., Gnatyuk V. Jeltovodskiy futbol. — Jyoltie Vodi, 2011. — 220 s.