Aleksandr Matveyevich Volkov (1903-yil 30-avgust Samarqand, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1975-yil 21-fevral Moskva) – sovet harbiy va davlat arbobi. Birinchi chaqiriq Ukraina SSR Oliy Radasi deputati (1938—1947). KP(b)U MK aʼzosi (1938—1940). Polkovnik (1940)[1].

Aleksandr Volkov
Tavalludi 1903-yil 30-avgust
Vafoti 21-fevral 1975-yil(1975-02-21)
(71 yoshda)
Moskva
Fuqaroligi SSSR
Kasbi Harbiy amaldor

Biografiyasi

tahrir

1903-yil 30-avgustda Samarqand shahrida, hozirgi Samarqand viloyati, Oʻzbekiston temiryoʻlchi oilasida tugʻilgan. Gimnaziyaning beshta sinfini va temir yoʻl maktabini tamomlagan. 1918-yildan Samarqanddagi temir yoʻlda taʼmirchi boʻlib ishlagan. 1918-yilda u temir yoʻlchilarning Qizil gvardiya batalyonida xizmat qilgan.

1919-yilda komsomoliga ishga oʻtgan, 1921-yilgacha Samarqand okrug komiteti kotibi, Toshkent shahar Turkiston komsomol komiteti siyosiy maʼrifat boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan.

1921-yil noyabrda VCHK organlariga ishga yuborilgan, 1925-yilgacha Samarqand, Buxoro, Ashxobod, Andijon, Qoʻqon shaharlarida Oʻrta Osiyo temir yoʻli transport boʻlimida ishlagan[2].

1925-yilda harbiy xizmatga chaqirilib, Oʻrta Osiyoda SSSRning Afgʻoniston bilan chegarasini qoʻriqlash uchun joʻnatilgan va chegarada 1937-yilgacha komendant yordamchisi, komendant, chegara otryadi komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. 1927–1929-yillarda Moskvadagi Oliy chegara maktabida oʻqigan. 1934—1937-yillarda M.Frunze nomidagi Qizil Armiya Harbiy Akademiyasida tahsil olgan.

1937—1939-yillarda u 23-Qizil bayroqli Kamianets-Podilskiy chegara otryadining boshligʻi lavozimida ishlagan.

1938-yil 26-iyunda u Kamianets-Podilskiy viloyatining 5-sonli Chemerovets saylov okrugida birinchi chaqiriq Ukraina SSR Oliy Radasi deputati etib saylangan. BP(b)U MK aʼzosi (1938—1940), KP(b)U Kamianets-Podilskiy viloyat qoʻmitasi byurosi aʼzosi (1938—1939) boʻlib faoliyat yuritgan.

1939-yil avgustdan 1944-yil maygacha SSSR NKVDning Uralsdagi Usollag boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 1944-yil may-dekabr oylarida Aleksandr 1-Belorussiya frontining 18-Qizil bayroqli chegara otryadi boshligʻi boʻlgan. 1944-yil dekabrdan u NKVD qoʻshinlari 1-Belorussiya frontining qoʻriqlash shtab boshligʻi boʻlgan.

U 21-fevral kuni Moskvada vafot etgan.

Harbiy unvonlari

tahrir
  • kapitan (1936-yil 29-avgust)
  • mayor
  • polkovnik (1940-yil 31-avgust)

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir