Aleksandr Zevelyov (1921-yil 25-iyul, Dribin, Goretskiy tumani, Gomel viloyati – 2005-yil 22-fevral, Moskva, Rossiya) – sovet va rus tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Aleksandr Zevelyov
Tavalludi 25-iyul 1921-yil
Dribin, Goretskiy tumani, Gomel viloyati
Vafoti 22-fevral 2005-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi tarixchi
Ish joylari Oʻrta Osiyo universiteti

Hayoti

tahrir

Aleksandr Zevelev Goretskiy tumani, Dribin shahrida tugʻilgan. 1938-yilda Dribino oʻn yillik maktabini tugatib, MIFLI Moskva tarix, falsafa va adabiyot institutiga oʻqishga kirgan[1].

1941-yil iyun oyida, institutda uchinchi kurs talabaligida soʻnggi imtihonlarini topshirib, taʼtil uchun Dribinga uyga ketmoqchi boʻlgan, ammo Ulugʻ Vatan urushi boshlanib qolgan. Urushdan keyin, 1941-yil 7-oktyabrda Dribino gettosida oʻn nafar qarindoshi vafot etganini bilgan, bu Quddusdagi Yad Vashem muzeyidagi qurbonlar markaziy maʼlumotlar bazasida saqlangan maʼlumotlar bilan tasdiqlangan.

Aleksandr Izrailevich Zevelev Toshkentdagi Oʻrta Osiyo universitetida dars bergan. U 2005-yil 22-fevralda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Максим Тетерин. „Зевелев Александр Израилевич. Солдат, учёный, патриот“. // Живая память поколений. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.