Aleksandra Antonova
Aleksandra Ivanovna Antonova (1991-yil 22-dekabrda tugʻilgan) rossiyalik suv polochisi. 2008 yildan Rossiya terma jamoasi aʼzosi. Jahon Universiadasining bronza medali sovrindori (2009). Yevropa chempioni (2010). Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2012). Universiada gʻolibi (2013) boʻlgan.
Faoliyati
tahrirOʻzbekistonning Namangan shahrida tugʻilgan. Birinchi murabbiy S. P. Perevalova. „Shturm-2002“ jamoasida oʻynaydi (Chexov, Moskva viloyati), mobil hujumchi sifatida ishlaydi. Rossiya chempionatining kumush (2009—2013) va bronza (2008) medali sovrindori.
Suv polosi boʻyicha Rossiya yoshlar terma jamoasi tarkibida u jahon chempioni (2009), Yevropa chempioni (2009) va Yevropa vitse-chempioni (2008) boʻldi.