Rostislav Alekseyev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Rostislav Yevgenovich Alekseev (Alekseyev) (5-dekabr 1916-yil, Novozibkov, Chernigovskiy guberniyasi (hozirgi Bryansk viloyati) — 1980-yil 9-fevral) sovet-rus kema quruvchisi,ekranoplanlar yaratuvchisi[1][2] SSSR sport ustasi[3][4][5]. Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1951-yil), Lenin mukofoti (1962-yil) va SSSR Davlat mukofoti (1984-yil) laureati. 1950-yildan KPSS aʼzosi.
Rostislav Alekseyev | |
---|---|
Tavalludi |
1916-yil 5-dekabr Novozibkov, Chernigovskaya guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1980-yil 9-fevral (63 yosh) Nijniy Novgorod, SSSR |
Fuqaroligi | |
Taʼlimi | A. A. Jdanov nomidagi Gorkiy sanoat instituti |
Kasbi | kemasozlik, samalyotsozlik |
Unvoni | Texnika fanlari doktori (1962-yil) |
Mukofotlari | Oktyabr Inqilobi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni, |
Oilasi
tahrirU Yevgeniy Kuzmich va Serafima Pavlovna Alekseevlar oilasida tugʻilgan. Otasi biolog boʻlgan boʻlib, Novozibkov qishloq xoʻjaligi labaratoriya stansiyasining yaratuvchisi va direktori, keyinchalik u yer Butunrossiya oʻgʻitlar, qishloq xoʻjaligi texnologiyasi va tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining filialiga aylandi, uning otasi esa keyinchalik olib borgan ishlari uchun professor va Belarus SSR Fanlar akademiyasining akademigi unvonini olgan[6]. Onasi qishloq maktabida rus tili oʻqituvchisi.
Katta akasi Anatoliy, radio muhandis, 1941-yilda Moskva yaqinida bedarak yoʻqolgan. Singlisi Galina — fizika-matematika fanlari nomzodi, institut oʻqituvchisi. Singlisi Margarita arxitektor[7].
1941-yilda Marina Mixaylovna Alekseeva bilan turmush qurgan. Ularning nikohidan oʻgʻli Yevgeniy va qizi Tatyana va Suloeva tugʻilgan. Nevaralari, Gleb va Mixail Suloevlar[8].
Hayoti
tahrirTaʼlimi
U Novozibkovda boshlangʻich maktabni tugatgan.
1930—1933-yillarda, otasi Nijniy Tagilga surgun qilinganida, u FZU maktabi yaʼni zavod ishlariga tayyorlaydigan maktabda oʻqigan, mahalliy radiomarkazda radiotexnikani taʼmirlash boʻyicha mexanik boʻlib ishlagan.
1933-yilda oilasi Gorkiyga koʻchib oʻtgandan keyin u Gorkiy kechki mexanika va muhandislik ishchilari fakultetiga oʻqishga kirgan. U oʻqishini tugatib, chizmachi va grafik dizayner boʻlib ishlagan.
1935-yilda u Jdanov Gorkiy sanoat institutining kemasozlik fakultetiga oʻqishga kirgan.
1941-yil 1-oktyabrda u davlat komissiyasi oldida Glisser na podvodnix krilyax mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va oʻsha payti kemalar qurilishi boʻyicha muhandisi unvonini olgan. Alekseevning ilmiy rahbari professor M. Y. Alfarev boʻlgan.
Hayotning soʻnggi yillari
tahrirSSSRda N. S. Xrushchev va L. I. Brejnev hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng, kemalarni modelini yasash markaziy dizayn byurosi oʻzining eng gullab-yashnagan davriga erishgan. Yoʻlovchi gidrofoil kemalari dunyoning turli mamlakatlarida mashhur boʻla boshlagan[9][10], bu kemalarning yaratuvchisi sifatida Rostislav Alekseevning nomi ham sir emas edi[11], lekin ayni paytda uning mavqei yomonlasha boshlagan. Oʻsha paytlarda Gorkiyga tashrifi chogʻida Alekseevni qoʻllab-quvvatlagan nufuzli Sergey Korolev vafot etadi. Markaziy dizayn byurosining eng yaqin hamkorlari va yetakchi muhandislari birin-ketin olamdan oʻta boshlaganlar: Nikolay Zaitsev (45 yosh), Ivan Shapkin (55 yosh), Boleslav Zobnin (51 yosh).
1976-yilda SSSR kemasozlik sanoati vaziri B. E. Butomaning buyrugʻi bilan Alekseev Markaziy dizayn byurosining rahbari va bosh konstruktori lavozimidan chetlatilgam, bunga Kaspiy dengizidagi sinovlar paytida Eaglet ekranoplanining avariyasi sabab boʻlgan.
1980-yil 14-yanvarda Chkalovdagi sinov bazasida yangi Volga-2 yoʻlovchi ekranoletini ishga tushirish paytida Alekseev jarohat olgan. Bu ekranolet Moskvada oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlar uchun yakunlanishi kerak boʻlgan[12]. Bu halokatdan soʻn u 1980-yil 17-yanvarda kasalxonaga yotqizilgan va 1980-yil 9-fevralda ikkita operatsiyadan keyin plevritdan vafot etgan. U Nijniy Novgoroddagi Bugrovskiy qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
tahrir- Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1951-yil) — gidrofoillarning yangi modellarini ishlab chiqganligi uchun.
- RSFSRda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1962-yil)[13].
- Lenin mukofoti (1962-yil) — yangi transport vositasini yaratganligi uchun.
- SSSR Davlat mukofoti (1984-yil vafotidan keyin).
- Oktyabr inqilobi ordeni, "Hurmat belgisi" ordeni, va boshqa medallar[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „История развития (недоступная ссылка) : Экранопланы : На грани двух стихий“. 2010-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „«Хватало одного, чтобы разбомбить авианосец»: как создавали «Каспийского монстра» и другие советские экранопланы“. 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Ярчевский О. Одержимость: очерк // Катера и яхты. — 1984. — № 111—112..
- ↑ Нижегородские паруса. — Н. Новгород: Кварц, 2014. — 333 с. — С. 265. —.
- ↑ Во Всесоюзном комитете // Советский спорт (газета). — 23 марта 1946, № 13. — с. 2..
- ↑ „Лабораторный корпус Опытной станции.“. 2018-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Политехник : газета. — 2016. — 23 ноября (№ 9 (162). Спецвыпуск к 100-летию Р.Е. Алексеева).“.
- ↑ „Цель — победа. 11 апреля 2017“. 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ Английский журнал о советских судах на подводных крыльях // Судостроение : журнал. — 1975. — Март (№ 03). — С. 13..
- ↑ Советские суда за рубежом // Судостроение : журнал. — 1975. — Февраль (№ 02). — С. 16..
- ↑ М. Урес. Диссертация лауреата // Огонёк : журнал. — 1962. — 22 май (№ 22). — С. 12..
- ↑ „По утверждению дочери Алексеева, травма была получена во время вытаскивания застрявшего в снегу автомобиля «Волга»“.
- ↑ Указ Президиума Верховного Совета РСФСР № 575 от 22.09.1962..
- ↑ „Алексеев Ростислав Евгеньевич“.