Aleksey Navalniy
Aleksey Anatolyevich Navalniy (ruscha: Алексей Анатольевич Навальный; 1976-yil 4-iyun, Butin , Odinsovo tumani,[1][2] Moskva viloyati, SSRI[4][5][6] – 2024-yil 16-fevral) – rossiyalik siyosat va jamoat arbobi,[1][2] yurist,[7] invest-faol,[8][9] Aeroflot kompaniyasi direktorlar kengashi sobiq aʼzosi[10]. Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil nodavlat arboblardan[9][11][12]. RosPil, RosYama, RosJKX kabi qator antikorrupsiya loyihalarini yaratgan. Navalniy Rossiya parlamentida koʻpchilikni tashkil etuvchi Birlashgan Rossiya partiyasini keskin tanqid qilib, unga internetda keng tarqab ketgan „muttaham va oʻgʻrilar partiyasi“ («партия жуликов и воров») degan laqab qoʻydi[13]. 18-iyul kuni Kirov shahrining Lenin tumani sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi[14]. Sud hukmining ertasiga chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi[15].
Aleksey Navalniy (Алексей Навальный) | |
---|---|
Navalniy 2011-yilda | |
„Kelajak Rossiyasi“ partiyasi raisi | |
Mansab davri 2019-yil 28-mart – 2021-yil 17-yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Ivan Jdanov („Kelajak Rossiyasi“ partiyasi Markaziy Kengashi kotibi sifatida) |
Rossiya Muxolifati Muvofiqlashtirish Kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 2012-yil 22-oktyabr – 2013-yil 19-oktyabr | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-iyun 1976-yil Butin , Odintsovskiy tumani[1][2], Moskva viloyati, RSFSR, SSSR |
Vafoti |
16-fevral 2024-yil (47 yoshda) |
Turmush oʻrtogʻi |
Yuliya Navalnaya (turm. 2000–2024) [3] |
Bolalari |
qizi Daria Alekseevna Navalnaya oʻgʻli Zaxar Alekseevich Navalniy |
Onasi | Lyudmila Navalnaya |
Otasi | Anatoliy Navalniy |
Mukofotlari | |
Imzosi | |
Vebsayti | navalny.com |
Tarjimai holi
tahrirNavalniy kelib chiqishi rus-ukrain boʻlib,[16] otasi Anatoliy Navalniy Ukrainaning Kiev viloyatida, Ivankiv tumanidagi Zalissiya qishlogʻida tugʻilgan. Aleksey Navalniy Moskvadan 100 km janubi-gʻarbda oʻsgan boʻlsa-da, yozgi taʼtilda Ukrainaga, buvisining uyiga borib turar edi.[16][17]
Navalniy 1998-yili Rossiya Xalqlar Doʻstligi Universiteti huquqshunoslik boʻlimini bitirdi. Keyin u Rossiya Federatsiyasi Hokimiyati qoshidagi Moliya Universitetida oʻqidi.[18][19]
2000-yili Navalniy „Yabloko“ siyosiy partiyasiga qoʻshildi.[20] 2004-yilda u „Moskvaliklarni himoyalash qoʻmitasiga“ asos solib, moskvaliklarning huquqlarini himoya qilish, qurilish korrupsiyasiga qarshi kurashish bilan shugʻullandi.[21]
Sud ishi
tahrirIlk bora, 2011-yilning may oyida, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasiga (firibgarlik yoʻli bilan ishonchni suiʼstemol qilish orqali mulkka zarar yetkazish) asosan Navalniyga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
2012-yilning 31-iyulida RF JKning 160-moddasining (katta miqdordagi oʻzgalarning mulkini oʻzlashtirish yoki talon-toroj qilish) qator bandlariga asosan yangi ayblovlar eʼlon qilindi.[22][23].
Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2009-yil may-sentyabr oylarida Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi sifatida ishlagan vaqtida Navalniy, „Vyatskaya lesnaya kompaniya“ MChJ direktori Pyotr Ofitserov va „Kirovles“ bosh direktori Vyacheslav Opalev bilan til biriktirib, 10 ming kubometrdan ortiq oʻrmonni talon-toroj etilishini tashkillashtirgan.
Shuningdek, Aleksey Navalniy Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi lavozimida ishlagan payti(2009-yil))da 510 ming dollarni noqonuniy oʻzlashtirganlikda ayblangan.
Navalniy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi boʻlib kelgan va oʻziga nisbatan qoʻyilgan ayblovlarni Putinning oʻch olishi, deya baholagan.
Sud qarori
tahrirNavalniy 2013-yil 18-iyulida Kirov shahri Lenin tuman sudi qarori bilan „Kirovles“ davlat kompaniyasi mulkini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi[24] va besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.[25][26][27]
Aleksey Anatolevich Navalniyni Rossiya Jinoyat Kodeksining 2011-yil 7 mart kungi tahriridagi 33-moddasi 3-qismi va 160-moddasi 4-qismida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topishga qaror qilindi. Unga besh yillik qamoq jazosi berilishi, qamoq muddatini oʻtab boʻlgach ozodligini cheklamaslik hamda davlat foydasiga 500 ming rubl miqdorida jarima undirishga hukm qildi. Qamoq jazosi umumiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi.
Navalniy sud qarori eʼlon qilinishidan bir kun avval Moskva merligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Navalniyning saylov shtabi bergan maʼlumotga koʻra, uning nomzodi saylovlardan olingan.[28]
Navalniyning qamalishi haqidagi sud hukmi ortidan Moskva, Sankt Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida tinch norozilik aksiyalari boʻlib oʻtdi.[29]
19-iyul kuni Kirov viloyati sudi Aleksey Navalniy va Pyotr Ofitserovga nisbatan tanlangan jazo chorasi yuzasidan Kirov viloyati prokuraturasi bergan shikoyatni koʻrib chiqdi. Prokuror ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish jazosi vaqtidan ilgari qoʻllandi, deb hisoblagan va chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda Aleksey Navalniy ozodlikka chiqarildi.[15]
Navalniy Live Journaldagi shaxsiy blogida „Narsalaringiz bilan ozodlikka“ – jumlasini eshitib xayron qolganini taʼkidlab, oʻz tarafdorlariga rahmat aytdi va faoliyatini davom ettirishini bildirdi.[30]
Soʻnggi soʻz
tahrirHukm oʻqilayotgan paytda Navalniy sud zalidan Twitter orqali xabarlar yozib turdi. Qoʻliga kishan solinishidan avval yozgan soʻnggi xabarida „Mayli. Mensiz zerikib qolmanglar. Eng muhimi bekorchilik qilib oʻtirmang. Neft quvuri ustidagi qurbaqa undan oʻz xohishiga koʻra tushib ketmaydi“ – deb yozdi.[31]
Munosabat
tahrirAQShning Rossiyadagi elchisi Michael McFaul oʻz Twitter sahifasi orqali sud hukmiga munosabat bildirdi: „Navalniyning aybdor deb eʼlon qilinishidan va ayblovlar siyosiy motvilarga asoslanganiga ishora qiluvchi omillardan chuqur tashvishdamiz“, deya yozdi elchi.[32]
Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosat masalalari boʻyicha komissari Catherine Ashton Navalniy va Ofitserov ustidan oʻqilgan hukm munosabati bilan bayonot eʼlon qilib, „ularga qarshi ayblovlar sud davomida asoslanmadi“, deya taʼkidladi. „Protsessual kamchiliklar inobatga olingan holda, yakuniy natija Rossiyada qonun ustuvorligi borligiga oid shubhalarni uygʻotadi“, deyiladi yana bayonotda.
Inson huquqlari tashkilotlari ham sud hukmini qoraladi. Amnesty International⅓ tashkiloti Moskva boʻlimi rahbari Sergey Nikitin Navalniyga qarshi chiqarilgan hukm „Rossiyada inson huquqlariga oid vaziyat yomonlashayotganini koʻrsatadi“, deya taʼkidladi.
Rossiyadagi nufuzli inson huquqlari tashkiloti hisoblangan „Memorial“ markazi direktori Aleksandr Cherkasov hukmni „siyosiy motivlarga asoslangan“, deb atadi.
Vafoti
tahrirNavalniy 2024-yilning 16-fevralida Yamalo-Nenetsk avtonom okrugidagi qamoqxonada 47 yoshida vafot etdi[33][34].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „НАВАЛЬНЫЙ Алексей Анатольевич“. Kommersant.ru. Kommersant nashriyot uyi. 2012-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
- ↑ Svedeniya o doxodax za 2012 god i ob imuщestve zaregistrirovannix kandidatov na doljnost Mera Moskvi, ix suprugov i ix nesovershennoletnix detey[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Алексей Навальный — биография, фото, факты, новости“ (ru). Ведомости. 2013-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ „Навальный, Алексей — российский общественный деятель“ (ru). Лента.ру. 2013-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ „Алексей Навальный. Биография“ (ru). Аргументы и факты. 2013-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ „Алексей Навальный на сайте адвокатской палаты г. Москвы“. 2013-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ „Инвест-активизм. Что это такое?“. 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul.
- ↑ 9,0 9,1 „Навальный, Алексей“. Lenta.ru. Rambler Media Group. 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
- ↑ Sobstv. korr. „Навальный займется в «Аэрофлоте» бонусами и аудитом“. 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-iyul. // lenta.ru. – 2012. – 27 iyulya.
- ↑ Ioffe, Julia. „Net Impact“. The New Yorker. Condé Nast Publications. 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
- ↑ Волков, Денис. „Блогер полпроцента“. Газета.Ru. СУП (28 марта 2011). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
- ↑ „А. Навальный вошел в топ-30 «глобальных мыслителей» современности“. РосБизнесКонсалтинг (29 ноября 2011). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-dekabr.
- ↑ Moskva merligiga nomzod Aleksey Navalniy besh yilga qamaldi, 2013-07-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-19
- ↑ 15,0 15,1 Aleksey Navalniy qamoqdan ozod qilindi, 2013-08-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-19
- ↑ 16,0 16,1 Sergei Hrabovsky. „Олексій Навальний як дзеркало російської революції“ (Ukrainian). day.kiev.ua. 2013-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
- ↑ „АЛЕКСЕЙ НАВАЛЬНЫЙ“ (Russian). esquire.ru. 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
- ↑ „Alexei Navalny“ (28-fevral 2012-yil). 2013-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
- ↑ Guy Faulconbridge. „NEWSMAKER-Protests pitch Russian blogger against Putin“. Reuters (11-dekabr 2011-yil). 2012-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.(Archive.is saytida 2012-09-11 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Navalny, Alexey Anatolich“ (Russian). Kommersant. 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2011-yil.(Archive.is saytida 2012-08-04 sanasida arxivlangan)
- ↑ „About Navalny“ (Russian). navalny.ru. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2011-yil.
- ↑ „Алексею Навальному предъявлено обвинение в организации растраты имущества государственного унитарного предприятия «Кировлес»“. СК РФ (2012-yil 30-iyul). 2012-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.
- ↑ „Алексея Навального хотят лишить адвокатского статуса. Финам FM 24.10.12“. 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.
- ↑ „Навальный приговорен к пяти годам лишения свободы“ (ru). Лента.ру (2013-yil 18-iyul).
- ↑ „Суд приговорил Навального к пяти годам колонии“ (ru). РИА Новости (2013-yil 18-iyul).
- ↑ „Суд приговорил Навального к пяти годам в колонии общего режима“ (ru). Аргументы и факты (2013-yil 18-iyul).
- ↑ „Алексей Навальный приговорен к 5 годам лишения свободы — видео оглашения приговора“ (ru). YouTube (2013-yil 18-iyul).
- ↑ „Москва мэрлигига номзод Алексей Навальний беш йилга қамалди“. Kun.uz (2013-yil 18-iyul). 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-iyul.
- ↑ Gʻarb Navalniy ustidan oʻqilgan hukmni tanqid qilmoqda
- ↑ i snova zdravstvuyte
- ↑ Twitter mikroblogidagi post
- ↑ Jonli video: Navalniy tarafdorlari namoyishga chiqdi
- ↑ „УФСИН по ЯНАО: Алексей Навальный умер в колонии“ (ru). Коммерсантъ (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-fevral.
- ↑ Sullivan, Helen; Roth, Andrew „Russian activist and Putin critic Alexei Navalny dies in prison“ (en). The Guardian (2024-yil 16-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-fevral.
Havolalar
tahrirVikiomborda Aleksey Navalniy haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Navalniy LiveJournal blogi
- Navalniy Twitter hisobi