Aleksey Vasilyevich Korolyov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Korolyov Aleksey Vasilyevich (1897. 15.5, Ryazan — 1960.24.5, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1947), geol.-mineralogiya fanlari doktori (1942), professor (1942). Moskva konchilik akademiyasini tugatgan (1926).
Oʻrta Osiyo geol. boshqarmasi konsultant-geologi (1929—37). Oʻrta Osiyo politexnika institutida dotsent (1930—33), kafedra mudiri (1932). Ilmiy ishlari Qoramozor konlarining geologik xususiyati, elementlarning geokimyoviy tarixi va Yerning rivojlanish tarixida ruda hosil qiluvchi elementlarning rolini aniqlashga bogʻishlangan.[1]
Manbalar
tahrir- Struktura i metallogeniya Almalika. Nekotorie voprosi teorii endogennogo rudoobrazovaniya, 2 izd., T., 1970.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |