Alessandro Volta
Alessandro Volta (italyancha: Alessandro Giuseppe Antonio Anastasio Volta; 1745.18.2-Komo — 1827.5.3) — italyan fizigi va fiziologi. Ilmiy ishlari elektr, kimyo va fiziologiyaga doir. Elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan. Volta 1775-yilda yonuvchi gaz — metanni topgan, Galvani kashf qilgan „jonli elektr“ga qiziqib qolib, bu borada tajribalar oʻtkazgan. Volta 1800-yilda birinchi oʻzgarmas tok manbai — Volta ustunini kashf qilgan, har xil metallar bir-biriga tekkanda elektrlashib qolishini aniqlagan va ular orasida paydo boʻladigan kuchlanish qiymati boʻyicha joylashtirib chiqqan. Elektr kuchlanish birligi (volt) Volta nomi bilan atalgan.
Alessandro Volta | |
---|---|
Tavalludi | 18-fevral 1745[1] |
Vafoti | 5-mart 1827[1] |
Fuqaroligi | Duchy of Milan, Cisalpine Republic, Kingdom of Italy va Kingdom of Lombardy–Venetia |
Volta hayvonlar bilan qiyosiy-fiziologik tajribalar oʻtkazib. nerv tolalari, ichaklar va oshqozonning mushaklar va skeletga nisbatan elektr tokini koʻproq oʻtkazishini kuzatgan. U odamning koʻrish va taʼm bilish organlari elektrdan qoʻzgʻalishini aniqlagan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |